Ikkinchi JCHda ham mezbon o'zgaryapti
03 apr 2023 21:04
Yangiliklar
Ikkinchi JCHda ham mezbon o'zgaryapti
Bir necha kun oldin FIFA 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati Indoneziyadan olib qo'yilganligini elon qilgan edi.
Endi Peruda o'tishi kerak bo'lgan U17 jahon chempionatida ham mezbon o'zgaryapti. FIFAning xabar qilishicha, bunday qarorga mezbon mamlakat turnirni o'tkazish uchun zarur bo'lgan infratuzilmani yaratib berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajara olmagani sabab bo'lgan. Tomonlar o'rtasidagi munosabat iliq bo'lishiga qaramay, Peruda qurilish ishlarini yakunlash uchun mablag' yo'qligi malum bo'ldi.
Oldinroq, Peruda moliyaviy inqiroz sodir bo'lgani va O'zbekiston ushbu turnirni qabul qilishga tayyorligi haqida malumot bergan edik.
Fikrlar