Ikkichi Neymar. PSJ futbolchilari "Monako"ga qarshi o'yinda necha ballga loyiq ko'rildi?
21 mar 2022 01:47
Yangiliklar


Ikkichi Neymar. PSJ futbolchilari "Monako"ga qarshi o'yinda necha ballga loyiq ko'rildi?
L’Equipe Franciya chempionati doirasida o'tkazilgan "Monako" - PSJ uchrashuvida futbolchilarning xatti-harakatlarini baholadi.
Parijliklarning besh nafar futbolchisi 10 balllik tizimdan 2 ball oldi. Bular — Neymar, Jorjino Veynaldum, Leandro Paredes, Nunu Mendesh va Presnel Kimpembe.
Bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga klub hujumchisi Kilian Mbappe singari 3 ball berildi.
Jamoada ikki futbolchigina nisbatan yuqoriroq baholandi — Danilu Pereyra va Janluiji Donnarumma 5 ballga loyiq deb topildi.
"Monako" safida Vissam Ben-Yedder eng yuqori bahoga ega chiqdi — 8 ball.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar