So’nggi yangiliklar

00:28АПЛ. Бруну қизил олган, Онана бурчакдан гол ўтказиб юборган учрашувда МЮ "бўрилар"га мағлуб бўлди  12 00:04АПЛ. "Ливерпуль" - "Лестер". Асосий таркиблар маълум!  2 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  3 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  12 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  29 21:34АПЛ. "Вулверхэмптон" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблар маълум!  28 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  9 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  32 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33 19:10АПЛ. Тез орада бошланадиган "Челси", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоалар иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6

Ikki darvozabonga bir qo'lqop, do'mbira, SHeykin, "Xirosima-94" xotiralari - o'zbek futbolida tesha tegmagan gaplar Yangiliklar

Ikki darvozabonga bir qo'lqop, do'mbira, SHeykin, "Xirosima-94" xotiralari - o'zbek futbolida tesha tegmagan gaplar

Teglar :  Xirosima-94
1994 yilning oktyabr oyi o'zbek futboli tarixi sahifalariga oltin harflar bilan zikr etilgan. O'shanda Yaponiyada o'tgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi finalda xitoylik futbolchilarni 4:2 hisobida dog'da qoldirib, chempionlikni rasmiylashtirishgan edi.

Mana o'sha olamshumul voqelikka ham 30 yil to'ldi. Oradan shuncha vaqt o'tgan bo'lsa-da, mazkur muvaffaqiyat mamlakat bosh jamoasining o'z faoliyatida qo'lga kiritgan yagona va so'nggi bo'lib qolmoqda. To'g'ri, bazi birovlar Xirosima shahrida erishilgan g'oliblik haqida yozish “siyqasi chiqqan mavzu”, yana o'sha davrni yodga olishyaptimi, deyishlari mumkin. Lekin “Xirosima-94” bilan bog'liq hali matbuotda chop etilmagan malumotlar talaygina topiladi...

Mamlakatimizning eng tajribali sport mutaxassislaridan biri, “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy” Samuk Abidov bir qiziq voqeani gapirib berdi. Takidlash joizki, u kishi respublikamizda tennis sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga o'zining munosib ulushini qo'shib kelmoqda. Bugungi kunda S.Abidov Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabiga rahbarlik qilish barobarida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani Kengashi deputati sanaladi. Endi suhbatdoshimizning xotiralariga quloq tutsak: 

- Bilasizmi, 1994 yilgi Osiyo o'yinlari mustaqil O'zbekiston uchun ilk rasmiy yirik musobaqa edi. 135 kishilik sportchilar delegaciyasi bilan Xirosima sari otlangandik. Ochig'i, ko'pchilik dunyo xaritasida “O'zbekiston” degan davlat borligini umuman bilishmasdi. Bazilar sizlar qaerdan bo'lasizlar, “Afg'onistonmi yoki Pokistondan”, deguvchilar ham topilgandi, o'shanda. Sportchilar bilan birga futbolchilar ham juda “irimchi halq” bo'lishadi. Masalan, jamoaning zaxiralar o'rindig'ida, avtobusda yoki oshxonada hamma o'zi uchun ajratilgan o'rnida o'tirishi shart. Bundan esa jamoada barchaning o'z o'rni borligini bilish mumkin. Mabodo, begona kishi o'tirib qolsa, go'yoki, jamoadan omad ketgandek. Ayrim sportchilar o'ta muhim o'yin oldidan, yangi kiyim, poyabzal kiyishmaydi. 1994 yilgi o'zbek futbolining Osiyoni zabt etgani  butun qita futboli jamoatchiligini hayratda qoldirgandi. Yodimda, qitamizning eng kuchli jamoalaridan sanalgan Janubiy Koreya termasi bilan yarim finalda o'zaro ro'baro' kelishi kerak edi. Musobaqa davrida har kuni kechqurun O'zbekiston sport delegaciyasining ishchi shtabida yig'ilish tashkil etilardi. Har bir sport turiga biriktirilgan masul mutaxassis o'z yo'nalishida sportchilarning qayd etgan natijalari xususida hisobot berishardi. SHunda terma jamoa katta murabbiyi Rustam Akramov kirib, darvozabonimiz Yuriy SHeykinning qo'lqopini hammani oldiga tashladi va ikkita darvozabonga bitta yangi qo'lqop xarid qilinishi zarurligini takidladi. Rosti, tajribali posbonning qo'lqopini ko'rib, ko'nglim ranjigandi. Nega desangiz, qo'lqop yirtilib ketgan, undan darvozabonning barmoqlari chiqib turishi aniq edi. Eng qizig'i, O'zbekiston terma jamoasining tajribali darvozaboni Yuriy SHeykin turnir yarim finaliga qadar kechgan barcha bahslarni mana shu yirtiq qo'lqoplarda o'tkazgan ekan. Sportimiz rahbarlari mazkur masalaga jiddiy yondoshdi. Xullas, ertasi kuni O'zbekiston sport delegaciyasining tarjimoni Malik Boboev bilan Yuriy SHeykinga qo'lqop xarid qilish uchun istiqomat qilayotgan “Olimpiya qishlog'i”dan Xirosima shahriga otlandik. Do'konlardan bir amallab topdik, terma jamoamiz darvozaboniga olib kelib berdik. O'ta muhim o'yinda tajribali posbonimiz o'sha yangi qo'lqoplardan foydalandi. Yodingizda bo'lsa, uchrashuv davomida koreyslar tinimsiz hujumlar uyushtirib, to'liq ustunlikka ega bo'lishdi. Ammo, Yuriy SHeykinning yuksak mahorati sabab darvozamiz dahlsizligi saqlab qolingandi. 90 daqiqa mobaynida tajribali posbonimiz raqib futbolchilarining yo'llagan zarbasini biror marta ham ushlamay, qaytarib yuborgan. CHunki, yangi qo'lqop Yuraning “sinovi”dan to'liq o'tmagandi... Yana shuni qo'shimcha qilish lozimki, o'sha o'yin kuni havoning juda salqinligi ham maysaning holatiga tasir o'tkazgandi.  Xullas, tarixiy uchrashuvning 65-daqiqasida Azamat Abduraimov tomonidan yo'llangan “ayyorona zarba” natijasida koreyaliklar darvozasi ishg'ol etilgandi. Yagona gol terma jamoamizni finalga olib chiqqandi.



Rosti, shu kuni SHeykin bor iqtidorini namoyish etdi. Ammo maydonga tushgan futbolchilarimizning ishonchli o'yini samarasi o'laroq muvaffaqiyat qozongandik. Yigitlarimiz go'yoki, bir tanadek harakat  qilishgandi. Umuman olganda, sportda ham futbolda ham omad katta rol o'ynaydi. O'sha bahsni yodga oladigan bo'lsak, ikkinchi bo'limda to'liq tashabbus raqib tomonida edi. Ularning darvozasiga deyarli to'p ham bormagandi. Tabiiyki, bu holat koreys darvozabonining “o'yindan tashqari holat”da qolib ketishiga, sovqatishiga olib keldi. Aytaylik, koreyaliklar posboni to'pni ushlab, doimo harakatda bo'lib turganida balki Azamat Abduraimovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini ushlab olgan bo'larmidi?! Buni ham omadga yo'yish mumkin, to'g'rimi? Yana bir qiziq jihat. Janubiy Koreya va Yaponiya qo'shni davlatlar hisoblanadi. SHu bois yarim final uchrashuvini kuzatish uchun Janubiy Koreyadan juda ko'p muxlislar tashrif buyurishgandi. Stadionning yarimini aynan koreyalik ishqibozlar tashkil etardi. O'yin mobaynida ular o'zlari bilan olib kelingan 30 dona do'mbirasini tinimsiz chalib, butun stadionni larzaga keltirishardi. O'zbekistonlik ixlosmandlar esa kamchilik edik. Musobaqasi yo'q bo'lgan sport turi vakillari stadionga kelishdi, xolos. Koreyslar bilan o'zaro kelishib, bitta barabanini so'radik. Biz ham ulardan qolishmay, tinimsiz yigitlarimizni qo'llab-quvvatlab turgandik. Biroq birinchi taymdan so'ng tanaffusda ular bizdan do'mbirasini olib qo'yishdi. Bu esa mezbonlarga yoqmadi. CHunki, shu turnirning chorak finalida “kun chiqar yurt” futbolchilari aynan koreyslarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi. SHu sababli “alamzada” mahalliy ishqibozlar kam sonli muxlislarimiz bilan yonma-yon turib, sof o'zbek tilida “YASHASIN, O'ZBEKISTON”, “OLG'A, O'ZBEKISTON”, deya futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlashgandi. Musobaqa davomida barcha sport delegaciyalari “Olimpiya shaharchasida” istiqomat qilishardi. 1994 yil 16 oktyabr kuni final o'yiniga ketyapmiz. 9-qavatdan liftdan koreyslar ustozi Anatoliy Bishovec bilan birga tushdik. Rossiyalik taniqli murabbiy o'z vaqtida sobiq Ittifoqning bir nechta klublarini boshqargan. Uning boshchiligidagi sobiq SSSR olimpiya terma jamoasi Seul shahrida o'tgan 1988 yilgi yozgi olimpiya o'yinlarining futbol turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgandi. O'zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish rossiyalik mutaxassis - “ha, o'zbeklar bugun Xitoyni engasizlarmi?”, deb savol berdi, o'shanda men “eng kuchli chempionlikka asosiy davogar Janubiy Koreyadek nomdor termani dog'da qoldirdikku, xitoyliklar nima bo'libdi, ular bizga raqib emas va terma jamoamiz albatta zafar quchib, oltin medallarga ega chiqadi”, - deya javob bergandim. O'z o'rnida, Anatoliy Bishovec bo'lajak finalda jamoamizga omad tiladi va O'zbekistonning g'alaba qozonishiga shubhasi yo'qligini takidladi. Muhimi, hal qiluvchi bahsda yigitlarimiz bor mahoratini ishga solib, chin yurti futbolchilarini 4:2 hisobida dog'da qoldirishgan edi. 30 yil avvalgi zafarli lahzalar shukuhi esa qalbimizda bir umrga muhrlanib qolgan. Aynan mazkur g'alaba orqali Osiyo ahli va butun dunyo jamoatchiligi er yuzida o'z tarixiga ega O'zbekiston degan davlat borligini bilishdi, yuksak salohiyatli mahoratli sportchilarga ega ekanligini, ular bilan kelgusida hisob-kitob qilish lozimligini anglab etishgandi. Xirosima shahri sport inshootlarida kechgan Osiyo o'yinlaridagi ishtiroki, qo'lga kiritilgan sovrinlar orqali jahon ahli mustaqil O'zbekistonimizni tanigandi. Umumjamoa hisobida O'zbekiston terma jamoasi azolari 5-o'rinni egallagandi. Nazarimda, barcha sport delegaciyamiz azolarining birligi jamoamiz muvaffaqiyatini taqdim etdi.

Ming afsuski, hozirda “Xirosima-94” qahramonlaridan biri Yuriy SHeykin oramizda yo'q. 2011 yili beshavqat o'lim uni oramizdan olib ketgandi. Ilohim, uning oxirati obod bo'lsin. Birgina o'yinda bor istedodini ko'rsatgan Yura SHeykin uzoq yillarga tatiydigan unutilmas lahzalar va quvonchli onlarni taqdim etib ketdi. Kezi kelganda, o'zbek sportida marhum Yuriy SHeykindek yurt shanini shaxsiy manfaatdan ustun qo'yadigan fidoiylar soni yanada ko'payib borishini istardim. Gohida hayron qolaman: biror bir futbolchi yangi klubi bilan shartnoma tuzishdan oldin moliyaviy masalalar bo'yicha kelishib olishni xohlaydi. Qachonki, Vatan Obro'si hamma narsadan yuqori tursagina xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishsa bo'ladi. Bugungi yosh sportchilarni, iqtidor egalarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalasak oldimizga qo'yilgan har qanday vazifani uddalay olishimizga ishonchim komil. Negaki, O'zbekiston istedodlarga boy makon hisoblanadi (Davomi bor).

So'nggi so'z o'rnida: Yaponiyaning Xirosima shahrida bo'lib o'tgan 1994 yilgi Osiyo o'yinlarida 135 nafar o'zbekistonlik sportchi ishtirok etgan. Musobaqa yakuniga ko'ra terma jamoamiz 11ta oltin, 12ta kumush va 19ta bronza medallarini qo'lga kiritgan. Umumiy hisobda 42ta medalni qo'lga kiritgan delegaciyasiz 5-o'rindan joy olgandi.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
16 okt 14:22:43
Shahrullloh Shamshidinov
Шу тариқа, "оқ бўрилар"нинг мағлубиятсиз серияси давом этади. Термамиз 403 кундан бери ўйинда ютқазмаяпти (Қатарга қарши учрашув ҳам дуранг деб ҳисобланади).

Сречко Катанец шогирдларининг ушбу серияси 20 ўйинга етди. Ҳамюртларимиз охирги бор 2023 йил 9 сентябрда АҚШга қарши беллашувда мағлуб бўлган эди. Бу борада вакилларимиз 1-ўринда, Сенегалда 15 та мағлубиятсиз серия бўлса, Испанияда бу серия 14 ўйинга етди.
   
17 okt 00:34:07
Davronbek Abduvaliev
Ха ўн саккиз яшар бола эдик, ўша даврлар хамон кўз ўнгимда.
   
17 okt 00:33:46
Davronbek Abduvaliev
Ха ўн саккиз яшар бола эдик, ўша даврлар хамон кўз ўнгимда.
   
16 okt 18:00:29
Бахтиёр Ашуров
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
Хиросимадаги ғалабадан сўнг, Япония футбол федерацияси дарҳол Ўзбекистон мтж ни ўртоқлик ўйинига таклиф қилганди. 1995 йили улар 1:0 ҳисобида устун келишган. Умуман олганда кучли терма жамоалар аралаш таркибда келган, Ўзбекистон эса асосий таркибни ўйинларга ташлаган. Биринчи ўйинимиз Саудияга қарши эди. Эсимда, ахборот кўрсатувини интиқлик билан кутганим. Шунда спорт хабарларида Ўзбекистон 4:1 га ютди, ёзиб олинган ҳолда эфирга узатилади, дейишганди. Хурсанд бўп кетгандим. Сабаби саудлар 3 ой аввал АҚШда жаҳон чемпионатида Бельгияни ютган ўйинини кўргандим. Овайран деган ўйинчиси бўларди....
Ўша йиллар карейслар ваҳийиалий эди. Японлар ҳам, корейсларда тенглаша олмасди!
   
16 okt 17:54:09
Бахтиёр Ашуров
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
Хиросимадаги ғалабадан сўнг, Япония футбол федерацияси дарҳол Ўзбекистон мтж ни ўртоқлик ўйинига таклиф қилганди. 1995 йили улар 1:0 ҳисобида устун келишган. Умуман олганда кучли терма жамоалар аралаш таркибда келган, Ўзбекистон эса асосий таркибни ўйинларга ташлаган. Биринчи ўйинимиз Саудияга қарши эди. Эсимда, ахборот кўрсатувини интиқлик билан кутганим. Шунда спорт хабарларида Ўзбекистон 4:1 га ютди, ёзиб олинган ҳолда эфирга узатилади, дейишганди. Хурсанд бўп кетгандим. Сабаби саудлар 3 ой аввал АҚШда жаҳон чемпионатида Бельгияни ютган ўйинини кўргандим. Овайран деган ўйинчиси бўларди....
Эсимда. Фақат уч ўйинни олиб берганди. Биринчи тур Саудия, ярим финал Ж. Корея ва финал Хитой. Ўшанда арабларни Ж/Чда қатнашган саккиз футболчиси келмаган!
   
16 okt 17:36:33
Soccerland777
Хиросимадаги ғалабадан сўнг, Япония футбол федерацияси дарҳол Ўзбекистон мтж ни ўртоқлик ўйинига таклиф қилганди. 1995 йили улар 1:0 ҳисобида устун келишган.
Умуман олганда кучли терма жамоалар аралаш таркибда келган, Ўзбекистон эса асосий таркибни ўйинларга ташлаган.
Биринчи ўйинимиз Саудияга қарши эди. Эсимда, ахборот кўрсатувини интиқлик билан кутганим. Шунда спорт хабарларида Ўзбекистон 4:1 га ютди, ёзиб олинган ҳолда эфирга узатилади, дейишганди. Хурсанд бўп кетгандим. Сабаби саудлар 3 ой аввал АҚШда жаҳон чемпионатида Бельгияни ютган ўйинини кўргандим. Овайран деган ўйинчиси бўларди....
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика