Ikardi navbatdagi bahsda ham o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019, 20:45
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spallettining so'zlariga ko'ra, hujumchi Mauro Ikardi "Fiorentina"ga qarshi bo'ladigan A Seriyaning 25-tur bahsida maydonga tushmaydi.

"Keyta Balde kundan-kunga o'zini yaxshi his qilib bormoqda, ammo yana bir necha kun kutishimiz kerak. Ikardi tez orada qaytadi. Boshqa futbolchilar "Fiorentina"ga qarshi bahsda bizga yordam bera oladi" - deydi Spalletti.

Eslatib o'tamiz, futbolchining xotini Vanda Nara klubni tanqid qilgandi. Ikardi bunga izoh berishni istamagani uchun sardorliq bog'ichidan ayrildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Inter.it