

Corriere dello Sport'ning xabar berishicha, futbolchiga Xitoyning bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda. Yuve esa futbolchiga kelib tushadigan yaxshi taklifni kutmoqda.
Eslatib o'tamiz, Iguain 2016 yilda 90 mln. evro evaziga Napolidan Turin klubiga kelib qo'shilgandi. 31 yoshli hujumchi bir necha kun oldin aristokratlar bilan Yevropa ligasida zafar quchdi. U shuningdek, "Milan" klubida ham ijarada o'ynagan.



