So’nggi yangiliklar

12:26ПСВ Маласиани "Манчестер Юнайтед"дан ижарага олди  0 11:55Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси бугун Тошкентда ўқув-машғулот йиғинига киришади  0 11:29"Арсенал"нинг ёздаги иккита асосий трансфер мақсадлари маълум бўлди  0 11:07"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Раҳимов Иброҳим  0 10:47ОКМК иккинчи хориж йиғинини Анталияда давом эттиради  0 10:23Расман: Дилшод Жўраев, Ихтиёр Тошпўлатов, Жасур Азимов "Хоразм" футболчиси  2 09:37"Локомотив" Туркияга қандай таркиб билан йўл олди?  1 09:19Sofascore. "Пахтакор" футболчилари "Ал Гарафа" билан ўйинда неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 08:43Ўзбекистон аёллар терма жамоаси бош мураббийи ўз мамлакатида 2024 йилнинг энг яхшиси бўлди  1 07:30"Пахтакор"нинг "Ал Гарафа" майдонидаги ғалабасиз серияси давом этади  3 03:30Испания кубоги. "Атлетико" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  2 02:31Криштиану Роналду: "Менинг эртагим" (мутолаа учун)  104 01:45"Пахтакор" бош мураббийи Педру Морейра: "Ўйин қийин кечишини билгандик"  19 01:27Элит ОЧЛ. "Персеполис" "Ал Ҳилол"га йирик ҳисобда ютқазди. "Пахтакор"нинг плей-офф учун имкониятлари сақланиб қолмоқда  8 01:05Аббосбек Файзуллаев: "РПЛда чемпионлик учун курашишда давом этамиз"  5

Igor SHkvirin: "Uchinchi o'yindirki, gol urolmayotganimiz xavotirli" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Uchinchi o'yindirki, gol urolmayotganimiz xavotirli"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Turon" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Igor SHkvirin fikrlarini bildirdi.





"Birinchidan, "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ikkinchidan, bugun yigitlarimiz munosib o'yin ko'rsatishdi. Kurasha olishlari mumkinligini, futbol o'ynay olishlarini ko'rsatishdi. Ularga etirozim yo'q. Muxlislarimizga ham rahmat aytaman, ular bugun jamoamizni yaxshi qo'llab-quvvatlashdi, atmosfera futbolni sog'inganliklari sezildi. So'nggi daqiqalargacha muxlislik qilib, qayg'urishgani uchun rahmat. Mag'lubiyatga loyiq emasdik. Bugungi o'yinimiz bilan yutqazishga munosib emasdik, ochko olishimiz shart edi.

Bahsli vaziyatlar haqida gapirmayman, reglamentda qandaydir etiroz bildirishimiz taqiqlangan. Penalti borasida aynan hozir hech narsa deyolmayman, bir ozdan so'ng ko'rib chiqamiz, keyin shunga qarab, shikoyat yozishimiz mumkin. CHindan ham o'yinimizni kuchaytiryapmiz, lekin omadimiz kelmayapti. To'g'ri, omad ham kuchlilarga kulib boqadi, deyishadi. Omad kelmayotgani nimaga bog'liqligini bilmayman, bu borada nimadir deyolmayman. Uchinchi o'yindirki, gol urolmayotganimiz xavotirli. Vaziyatlar bor, lekin tarkibimizda yagona vaziyatdan foydalanadigan, deylik, Ronaldu singari futbolchilar yo'q. SHunday ekan, ishlashda davom etamiz. VAR yo'qligi haqida biror nima deyolmayman. Bizga VAR kerak emas, demaganmiz. Insoniylik faktori degan narsalar bor, ehtimol, shu narsa bugun o'z so'zini aytgandir. Umuman, avval bu tizim ishlatilgan o'yinlarni yodga oladigan bo'lsak, VAR borasida ham etirozlar etarlicha bo'lyapti.

Kimning asosiy tarkibga kirishini men hal qilaman. O'ziga yarasha sababi borki, Akmal Ortiqovning o'rniga boshqa darvozabon maydonga tushdi. Biz shuni maqul ko'rdik.

Hozir hujum chizig'imizda kim o'ynayotganiga qaraylik. Toshpo'latov "So'g'diyona"da tez-tez gol urib turardi. Uni maydonga tushirdik, o'yini qovushmadi. Uning o'rniga Kim Boyongni tushirdik, u ham gol urolmadi. CHunki hujumchi emas, birinchi davrada to'liq yarim himoyada o'ynagan. 

Nominal hujumchi etishmayapti. Humoyun Murtozaev ko'proq orqaroqdan hujumga qo'shiladiganlar toifasidan. Misol qilsak, "Navbahor"dagi O'rinboev – sof hujumchi. Jasur Hakimov bor edi, lekin uning harakatlari menga maqul kelmadi va jamoadan ketishiga qo'yib berdim. 

Mavsumlar oralig'ida sof hujumchi sifatida o'ynaydigan legionerlarni olib kelish imkoniyati bor edi, selekciya ham olib bordik. Biroq moliyaviy sabablarga ko'ra ular bilan kelisha olmadik", – deydi Igor SHkvirin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика