So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  24 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Ignatiy Nesterov - mutlaq rekordchi! Yangiliklar

Ignatiy Nesterov - mutlaq rekordchi!

Karantin paytida yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib Ignatiy Nesterov haqida qiziqarli maqolani taqdim etamiz.

"Lokomotiv"ning asosiy darvozaboni O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Osiyo Kuboklarida maydonga tushish bo'yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. Gap shundaki, Nesterov qatorasiga 5ta Osiyo Kubogida ishtirok etgan qitadagi yagona futbolchi. 

Boshlanish 

Ignatiy Nesterovning dastlabki Osiyo Kubogi 2004 yil Xitoyda bo'lib o'tgan musobaqaga to'g'ri keladi. O'shanda Yurgen Gyode va Ravshan Haydarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi 21 yoshli Ignatiyni ikkinchi darvozabon sifatida olib ketishgandi. 

Nesterov bu turnirda faqat bitta o'yinda maydonga tushgan. Guruh bosqichining oxirgi turida Turkmaniston bilan kechgan bahsda Evgeniy Safonovga dam berilgani bois termamiz darvozasini Nesterov qo'riqlagandi. Bu o'yinda vakillarimiz 1:0 hisobida zafar quchgan. 

CHorak finalda Bahrayn bilan kechgan bahsda yana Safonov darvozada turgan va o'yin 2:2 hisobida yakun topib penaltilar seriyasida omad bahraynliklarga kulib boqqanini yaxshi bilasiz.

 


Inileev bildirgan ishonch 

OFK keyingi Osiyo Kuboklarini toq yillarda o'tkazish masalasini ko'rib chiqadi. SHu-shu 2007 yildan beri musobaqa toq yilda o'tkazib kelinyapti. Nesterov 2007 yilgi musobaqaga ham ikkinchi darvozabon sifatida borgandi. 

Eron bilan kechgan birinchi o'yinda bosh murabbiy Rauf Inileev Pavel Bugaloni asosiy tarkibga kiritgan. Lekin yutqazib qo'yganimiz uchunmi yoki Bugaloning xatosi tufaylimi keyingi o'yinlarda Nesterov darvozani qo'riqlay boshlaydi. 

Natijada yana uch yoshga ulg'aygan Nesterov terma jamoamizning qolgan uchta o'yinida maydonga tushib o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. Umuman olganda, uchta bellashuvda o'z darvozasidan atigi bitta gol olib chiqqani etiborga molik.

 


Esda qolgan turnir 

Aksar muxlislar eng yaxshi Osiyo Kubogi sifatida 2011 yil Qatar maydonlarida o'tgan musobaqani eslaydi. Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi juda chiroyli o'yin ko'rsatgan holda yakunda 4-o'rinni egallagandi va bu hozirgacha Osiyo Kuboklaridagi eng yaxshi natijamiz bo'lib turibdi. 

Ignatiy Nesterov bu paytga kelib ancha tajriba to'plab qo'ygan, shu bois musobaqaga asosiy darvozabon sifatida yo'l olgandi. Terma jamoamiz Osiyo Kubogi-2011da oltita o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan beshtasida Nesterov darvozani qo'riqlagan.

  


Oxirgi ikkita turnir 

2015 yil Avstraliya va 2019 yil BAA yashil maydonlarida o'tkazilgan Osiyo Kuboklarida ham Ignatiy Nesterov terma jamoamizning birinchi raqamli posboni sifatida ishtirok etdi. U har ikki turnirda yana o'zini ko'rsata oldi. 

O'tgan yil BAAda o'tkazilgan musobaqa uning uchun beshinchisi bo'ldi va shu munosabat bilan Ummonga qarshi bahs oldidan OFK tomonidan taqdirlandi. Nesterov shu paytgacha Osiyo Kuboklarida 17 uchrashuvda ishtirok etib, o'z darvozasidan 15ta to'p o'tkazib yuborgan. 

 


Osiyo Kuboklarida Ignatiy Nesterov maydonga tushgan o'yinlar: 


2004. 1 o'yin

Guruh bosqichi. Turkmaniston - O'zbekiston 0:1 


2007. 3 o'yin

Guruh bosqichi. Malayziya - O'zbekiston 0:5

Guruh bosqichi. O'zbekiston - Xitoy 3:0

1/4 final. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 2:1 


2011. 5 o'yin 

Guruh bosqichi. Qatar - O'zbekiston 0:2 

Guruh bosqichi. O'zbekiston - Quvayt 2:1 

Guruh bosqichi. Xitoy - O'zbekiston 2:2 

1/4 final. O'zbekiston - Iordaniya 2:1

3-o'rin uchun bahs. Janubiy Koreya - O'zbekiston 3:2 


2015. 4 o'yin 

Guruh bosqichi. O'zbekiston - KXDR 1:0 

Guruh bosqichi. Xitoy - O'zbekiston 2:1

Guruh bosqichi. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 3:1

1/4 final. O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:2 


2019. 4 o'yin 

Guruh bosqichi. O'zbekiston - Ummon 2:1

Guruh bosqichi. O'zbekiston - Turkmaniston 4:0

Guruh bosqichi. O'zbekiston - Yaponiya 1:2

1/8 final. Avstraliya - O'zbekiston 0:0 (penaltilar seriyasi 4:2)

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика