So’nggi yangiliklar

11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  0 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  0 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  2 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  0 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  1 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  1 01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  32 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0

Ifeani Ifeani: “Mashal” uch yarim oylik maoshlarimizni bermagan” Yangiliklar

Ifeani Ifeani: “Mashal” uch yarim oylik maoshlarimizni bermagan”

Teglar :  MashalIfeani Ifeani
2021 yilgi mavsum yakunlangach Muborakning “Mashal” klubi Superligaga o'tish uyinida Pro liganing “Olimpik” jamoasiga mag'lub bo'ldi. SHundan so'ng biz “gazchilar”ning etakchilaridan biri nigeriyalik Ifeani Ifeani bilan bog'landik.

- Dastlab o'zingiz xaqingizda qisqacha aytib bersangiz...

- Mening ismim Ifeani Ifeani. Nigeriya terma jamoasi azosiman.

- Siz O'zbekistonga kelishingizdan oldin nigeriyaning “Akva Yunayted” jamoasida o'ynagansiz. “Mashal” jamoasidan qachon va qanday taklif tushgan?

  Albatta, men Nigeriya professional ligasida o'ynaganman. Menga “Mashal”ning skauti telefon qilib jamoa qiziqayotganini aytdi. Men taklifni ko'rib chiqib rozi bo'ldim. 

- O'zbekiston xaqida birinchi taasurotlaringiz qanday bo'lgan?

 -“Mashal” jamoasidan taklif olganimdan so'ng, menga O'zbekiston futbol mamlakati emasligini aytishdi O'sha paytdagi ustozim Ifeani sen O'zbekistonda nima qilmoqchisan, sening salohiyating o'zbek futbolidan yuqoriroq degan. Ammo menda O'zbekistonga kelish xohishi balandroq edi. Bu erga kelganimda futbol darajasi yuqoriligini ko'rib hayron qolganman.

- Bizning yurtimizga hamda jamoaga ko'nikish jarayoni qanday kechgan? 

- Ko'nikish qiyin bo'lmagan. Ikki oyda moslashib olgach, hammasi iziga tushib ketdi. 

- O'tgan yilgi mavsumga qaraganda bu yil chempionatimizda nigeriyalik futbolchilar ancha ko'proqni tashkil qilmoqda. Nigeriyalik futbolchilarni O'zbekiston Superligasi nimasi bilan o'ziga rom qilmoqda?

- Nigeriyada meni ko'pchilik taniydi. Ushbu mamlakatda o'ynayotganimni eshitib ular xam kelishni boshlashdi. CHunki liga rostdan ham yaxshi ekan.

- O'zingizni yurtimizda qanday his qilyapsiz?

- Bu erda o'zimni huddi uydagidek his qilaman.

- Hozirgi kunda irqichilik futbol olamida global muammo hisoblanadi. Siz O'zbekistonda shunday mummoga duch keldingizmi?

- Aslo yo'q, o'zbek xalqi juda mehmon do'st xalq ekan. CHunki hamma erda menga hurmat va mehr ko'rsatishdi.

- Jamoadagi holat qanday edi?

- Oxirgi ikki o'yniga qadar jamoada muhit 50/50 edi. CHunki klubda maosh bilan muammo bor edi. Bizga 6 oydan beri maosh berishmayotgandi. Siz mehnat qisangizu, sizga ish haqingizni berishmasa, kim ham xursand bo'lar edi. Xattoki, hozir xam klub bizga 3 yarim oylik maoshlarimizni berishmagan.

- “Olimpik” jamoasiga qarshi uchrashuvda “Mashal” favorit bo'lib maydonga tushdi. Ammo sizlar juda himoyaviy o'yin ko'rsatdingiz. Buning sababi nima edi?

- Bu murabbiyning muammosi. U har doim himoyaviy o'yinni qo'llaydi. Bu jamoaga yomon tasir ko'rsatdi.

- Kelajakdagi rejalaringiz?

- Jamoalardan yaxshi takliflar kutayapman. To'xtagan joyimdan davom ettirish niyatidaman.

Uchqun Azimov suhbatlashdi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика