So’nggi yangiliklar

09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  0 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   1 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мариа терма жамоа билан хайрлашди  3 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  0 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  10 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  10 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  18 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  21 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4

Ichkilikda o'tgan bolalik, qamoq va irqchilik. Troy Dinining achchiq hikoyasi Yangiliklar

Ichkilikda o'tgan bolalik, qamoq va irqchilik. Troy Dinining achchiq hikoyasi

Bugungi maqolamizda "Uotford" hujumchisi Troy Dini hayoti haqida fikr yuritamiz.

Troy Dini hammma qatori "beozor bolakay" bo'lishni xohlagandi, lekin taqdir uni jahldor hamda qo'rqmas insonga aylantirdi. "Arsenal" bilan kechgan o'yinda Dini Lukas Torreyraning yuziga tirsagi bilan zarba bergani uchun chetlatildi. O'yindan so'ng esa ("Uotford" bu bahsda g'alaba qozondi) "Arsenal" futbolchisini qo'rqoqlikda aybladi.  

"Everton"ga qarshi bahsdan oldin raqibning barcha futbolchilarini tilka pora qilishini qo'rqmay gapirdi. SHu bois odamlar uni juda badjahl deb o'ylashadi, lekin Dini o'zini muloyim va soddadil deb hisoblaydi. Hatto bir gal jurnalist undan xarakteri haqida so'raganida "Axir men yoqimtoy bolaman-ku, yo noto'g'rimi? Faqat buni kamchilik biladi" degandi. 

CHetdan qaraganda Troy Dini vahimali ko'rinadi, uning oldiga har kim ham yaqinlashavermaydi, futbolchi badanidagi tatiurovkalarni aytmaysizmi, biroq u o'z jamoasini Kubok finaliga olib chiqdi. Hozir u 30 yoshda, futbol o'ynash uchun eng maqbul payt va hikoyamiz qahramoni hali-beri butsalarini mixga ilmoqchi emas.

 

Bolalik 

Troy Dini Birmingemdagi uncha boy bo'lmagan oilada katta bo'ldi. Besh farzandning to'ng'ichi Dini katta bo'lganida futbolchi bo'lishni umuman o'ylamagan. "Yaqin qarindoshim ajoyib yigit edi, u doim qizlar bilan yurar va g'isht terib pul topardi. O'shanda men ham katta bo'lsam shu ishni qilaman derdim", - deb xotirlaydi "Uotford"ning 9-raqamli futbolchisi. 

Unga otasining izidan borish aslo yoqmagan, chunki otasi doim narkotik savdosi bilan shug'ullangan. "Dadamni ko'chada yaxshi tanishardi. Uning hayoti  oson kechmagan, men 10 yoshga to'lganimda buni juda yaxshi tushunib etganman. Esimda otam meni va onamni qattiq urardi. U bexostdan musht tushirib do'pposlab ketar, biz esa sababini bilmasdik. Hadeb kaltak eyaverish natijasida men ham asabiy bo'lib qoldim va hayotda qolish uchun birovni urib mushtumzo'rlik qilish kerak bo'larkan deb o'ylay boshladim. Mana shu sabab men janjalkash odamga aylandim", - deydi Dini. 

Ota-onasining birgalikda hayoti uzoq davom etmadi, etishi mumkin emasdi ham. Ular ajralishdi. Lekin Dini otasi bilan uchrashishda davom etdi. "Dadam men uchun baribir qahramon edi, uni dunyodagi hech nimadan qo'rqmaydigan odam deb bilganman, - deya eslaydi hujumchi. - Yoshlik paytlarimni gapirishga tushsam, odamlar oilam narkomanlardan iborat ekan deb o'ylaydi, biroq biz ham hamma qatori oddiy yashaganmiz. Faqat otam bilan ko'chaga chiqqanimda odamlarning undan o'zini olib qochayotganini ko'rardim. Men otamdan qo'rqqanmanmi? Yo'q, hech qachon! Lekin kaltak eyishni xohlamasdim va uning urishidan yuragim bezillab qolgandi. Bola edim va o'zimni himoya qila olmasdim". 

Onasi haqida gapirar ekan, Dini masuma ayolni farishtaga qiyoslaydi. Futbolchining onasi hamon Birmingemda yashaydi va Troy Dini ikki haftada bir marta onasini ko'rgani borib turadi. Troy 16 yoshida maktabni tashlashga majbur bo'lgan. U qarindoshi Jo yoniga borib g'isht teruvchi bo'lib ishga kirishadi. 

Lekin futbolga qiziqishi hali so'nmagandi. Mahallada to'p tepib yurgan kezlari uni dastlab "Aston Villa" skautlari kuzatgan. Keyinchalik jamoa mashg'ulotlariga taklif etilgan o'spirinni to'rt kundan so'ng haydab yuorishadi. Bunga sabab Troyning odob-axloq qoidalariga rioya qilmasligi, urushqoqligi hamda tez-tez ichib turishi bo'lgan. 

SHundan so'ng Dini "CHelmsli Taun" havaskorlar jamoasiga yo'l oldi, 2007 yil "Volsall" degan jamoada o'ynadi va 2010 yildan boshlab "Uotford" azosiga aylandi. Ishonasizmi, haliyam o'sha paytlar Dinining mast holda maydonga tushib futbol o'ynagani gazetalarda saqlanib qolgan. "Tan olaman, hayotimning qorong'i kunlarida har kuni ichardim. Haftasiga 4-5 kun doim mast yurardim. CHunki mast bo'lsang hech nimadan qo'rqmaysan deb o'ylardim". 


Qamoq 

2010 yil "Uotfdor"ga kelgan Troy Dini ikki yil ichida jamoaning eng sermahsul futbolchisiga aylandi. Hamma u haqda gapirganda iliq fikrlarni bildirar, va nihoyat Troyning ham omadi keldi derdi. Lekin yaxshi kunlar ortidan yana qora kunlar boshlandi. Uni mast holda mushtlashganlikda ayblab 10 oy qamoq jazosiga hukm qilishdi. 

Voqea qanday bo'lganini hujumchi shunday eslaydi: "Otamda saraton alomatlari aniqlandi. Buni esa men ko'tara olmasdim. Kechki oqshomni o'tkazish uchun o'rtog'imnikiga bordim. Juda jahldor edim. Rosa ko'p ichidim. Keyin esa bo'lishi kerak bo'lmagan voqea yuz berdi: ko'chaga chiqib odamlar bilan mushtlashdim. Meni qo'lga olishdi va sud jarayoni davom etayotgan paytda otam vafot etdi. Bu voqea iyunda ro'y bergandi. Otamning janozasiga borib kelishim uchun uch kunga ruxsat berishdi. Keyin yana qamoqxonaga qaytib jazo muddatini o'tadim". 

SHunday bo'ldiki, qandaydir besh oy ichida Troy Dini "Uotford"dek jamoada futbol o'ynaydigan mashhur futbolchidan qamoqda o'tirgan oddiy jinoyatchiga aylandi. "SHaharda otamni va meni yaxshi bilishgani uchun qamoqda meni himoya qilganlar ko'p bo'ldi, shu bois o'zimni xavfsiz sezardim. U erdan chiqqach birinchi navbatda spirtli ichimlikdan qutulish kurslariga borishim kerakligini bilardim. Men qatnay boshladim va kurslar juda maqul keldim. Hatto o'qish muddati tugasa ham baribir qatnayverdim". 

Qamoqdan chiqqach uni yana "Uotford"ga chaqirishdi. SHu o'rinda klub rahbariyatiga qoyil, agar boshqa jamoa bo'lganida o'tirib chiqqan odamni kim ham taklif etardi. Endi baribir futbolda istedod - bu istedod. Uni hech kim sindira olmaydi. Troy yana qadrdon jamoasiga qaytgach oradan bir hafta o'tib "Xaddersfild" bilan kechgan bahsda g'alaba to'pini kiritdi. 

U hozir ham psixolog ko'rigiga tez-tez borib turadi va o'zining aytishicha, yangicha hayot unga zavq bag'ishlaydi. "Otam yorug' olamni tark etganida endi 47ga to'lgandi. U juda yosh ketdi. Bilasizmi, otam men ko'rgan erkaklar ichida eng kuchlisi va eng sog'lomi bo'lgan. Demak, kim necha yoshda o'lishini hech kim bilmaydi. Balki mening ham 10-15 yil umrim qolgandir? SHunday ekan, o'zimdan iz qoldirsam deyman. Odamlar men haqimda gapirganda "Qaysi Troy? Anavi futbolchimi?" deyishlarini istamayman". 

 

Irqchilik 

Troy Diniga ishqibozlarning faqat u haqda gapirishi yoqmaydi. Nima uchun? CHunki uni ko'pchilik haqorat qiladi. Faoliyati davomida Troy bir necha bor irqiy kamsitishlarga duch keldi. Odatiy o'yinlardan biri yakuniga etgach, u o'zining "Instagram" sahifasida shunday yozdi: "Men uchun futbol shunchaki o'yin emas. Agar o'z shanimga nisbatan irqchilik holatini ko'rsam, bunga chidab tura olmayman va ayniqsa yosh muxlislarga bu qilgan ishingiz yaxshi emas deyman". 

"Men tanamning rangi tufayli ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab haqoratli so'zlarni o'qiganman. Doim shu haqda gapirsam, menga nisbatan maymunga o'xshab qiliq qilish irqiy kamsitish emas deyishadi. Hartugul OAVda bunday gaplar yo'q. Lekin muxlislar orasida bor. Buning uchun esa sizda ikkita yo'l qoladi: yo jim turish yoki kurashish. Oxirgi paytlarda to'g'risi ahamiyat bermay qo'ydim. Endi tabiat menga shunaqa rang bergan, nima qilay", - deydi "Uotford" sardori. 

Uning aytishicha, irqchilikka qarshi OAV dadil kurashishi kerak, chunki birgina FIFAning bunga kuchi etmayapti. "Gazetalarni varaqlasangiz, istalgan qora tanli odam cho'ntagida pichoq bilan ko'chada yurganini yozishadi. CHunki bizni shunday yurishga majbur qilishdi. Nima uchun biz haqimizda yaxshi gaplar yo'q?" 

Troy Dini hayotda o'z baxtini topganmi? Bu savolga javob berar ekan, shunday deydi: "O'tmishda qilgan xatolarimga qaramay, nihoyatda baxtiyorman, chunki mening oilam va ikki nafar farzandim bor. Yoshligimda ko'p pul topishni xohlardim. Vaqt o'tib bunga erishdim ham. Lekin hamma gap pulda emas ekan. Oila qurib farzandli bo'lgach asl baxt nimada ekanini yanada chuqurroq tushunib etdim". 

"Olti hafta oldin bir yaqin do'stim o'z joniga qasd qildi. Menda esa uning qandaydir muammolari bor edi degan fikr umuman yo'q edi. U har doim quvnoq yurardi. Lekin uning ayanchli qismati hammamizni hayotni yanada chuqur anglashga undaydi. Ertalab uyg'onyapsizmi, demak baxtli bo'lishingiz kerak. Agar futbol meni qutqarib qolmaganida balki ancha oldin o'lib ketgan bo'lardim. Hozir esa tirikman va har kuni o'zimni baxtiyor his qilishga harakat qilaman". 

X.Xoliqov tarjimasi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика