So’nggi yangiliklar

07:51«Манчестер Сити» яна бир ёш марказий ҳимоячисига расмий таклиф юборди  1 02:44Бундеслига. "Байер" "Боруссия"ни "Сигнал Идуна Парк"да мағлуб қилди  2 01:59HERE WE GO! Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтади!  49 01:00"Барселона" Рэшфордга "совчи қўймоқчи"  6 00:36Леау қандай шахсий ва жамоавий совринларни ютишни исташини айтди  0 00:15"Ювентус" футболчисини Манчестер жамоаларига таклиф қилди  2 23:52Аморим Майну ҳақида: "Энг яхшиларни сақлаб қолишимиз керак, бироқ ҳолатни унутмайлик"  0 23:40Бундеслига. "Боруссия" Д - "Байер". Асосий таркиблар маълум!  0 23:09Расман: "Шўртан" Осиё чемпионини сафига қўшиб олди  6 22:45"Валенсия" ЛаЛигага норозилик билдирди  10 22:13Хвича Францияда ўйнашни истамоқда, бироқ бир муаммо бор  2 21:46Нойер қайтмоқда  4 21:19Маскерано Неймар "Интер Майами"га ўтмаслиги сабабини айтди  0 20:55БАА. "Ал Батаеҳ" ғалаба қозонди, Ғаниев ўйиннинг энг яхшиси бўлди  8 20:18Рубен Аморим: "Ўйинимиз ва имижимизни яхшилашни, ғалабаларни истайман"  7

Ichki hissiyot aldadi Yangiliklar

Ichki hissiyot aldadi

Futbol jamoatchiligining butun nigohi "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuviga qaratilgan bir pallada, Toshkentda turning hozirgacha eng yaxshi tomoshabop uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Vodiy derbisi, Namangandagi uchrashuv soyasida qolib ketgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" o'yinida stadion atrofidagi muxlislar emas, aynan futbolchilar yondi. Ha, qolgan bahslardan farqli ravishda shunday holat bo'ldi. Tomosha qilish uchun kelgan ozmi ko'pmi ishqibozlarni tahlikada ushlab turdi deyishimizga asoslar etarlicha. 


1. Tarkibdagi tafovut yoxud yosh "qaldirg'ochlar"dan kutilmagan yurish 

Jamoalarning boshlang'ich tarkibi elon qilingach ichki hissiyot go'yo qisman "So'g'diyona"ning g'alabasiga shama qildi, deya olaman . SHuhrat Maqsudov yoshlardan, Baqoev tajribadan foydalangan holda tarkib tuzishdi.  Jahongir O'rozov (2004), Mahmud Mahamadjonov (2003), Umarali Rahmonaliev (2003), Umid Sultonov (2003) kabi yosh iqtidorlar "Bunyodkor" safida to'p tepdi, ayrimlari debyutini nishonladi. "So'g'diyona" jamoasining etakchisi Jasur Hasanov faoliyatini boshlagan kezlarda bu o'yinchilar hali tug'ilmagan edi. Aftidan bu kecha tajriba o'z so'zini aytadi, degan taxminlar yo'q emasdi. Lekin "qaldirg'ochlar" bularning barchasini yo'qqa chiqardi. Dastlabki 10 daqiqalikda jizzaxliklar nimadir qilishga va tezkor gol bilan hisobni ochishga intilishdi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib nazorat butunlay Maqsudov shogirdlari tomoniga o'tdi. 34-daqiqada maydon markazida katta tezlik bilan oldinga o'tgan Rasul Yo'ldoshev qulay vaziyatga chiqib borib zarba yo'lladi. Mitrovich deyarli qutqarib bo'lmaydigan vaziyatda o'zini ko'rsatdi. 38-daqiqaga kelib hujumlar ketini uzmayotgan mezbonlar yana darvozani o'qqa tutdi. Umarali Rahmonalievning ajoyib zarbasidan so'ng to'p ustunga tegdi. Ikkinchi temp bilan uyushtirilgan hujum samarasida Tomiva zarba berdi, Mitrovich qutqaruvchi rolida. 


Ikkinchi bo'limda ham xuddi shu scenariy takrorlandi. 65-daqiqa - Davronjon Ergashevning chamasi 30  metrlardan yo'llagan jarima to'pini Mitrovich naqd to'qqizlikdan olib chiqdi. Keyingi vaziyatda Suhrob Izzatov to'pni darvozabonning ustidan oshirib gol urmoqchi bo'ldi, ammo Milan o'z o'rnida. Bellashuvning so'nggi 10-daqiqasiga kelibgina "So'g'diyona" biroz jonlandi. Bikmaev, Obshivachning zarbalarini Suhrob Sultonov qaytarib yubordi. Uchrashuv poyonidagi faol harakatlar hisobiga "bo'rilar" statistikadagi holatini biroz yaxshilab oldi. 


2. Haqiqiy "So'g'diyona"ni ko'rmadik 

"So'g'diyona" uchun Toshkentdan bir ochko bilan qaytish ijobiy natija hisoblanishi mumkin. SHoshmang, bu o'yinda haqiqiy "So'g'diyona"ni ko'rganimiz yo'q. Faqatgina Mitrovich yaqqol ko'zga tashlandi. Qiziq holat nima uchundir O'zPFL uchrashuvdan keyin eng yaxshi futbolchi sifatida SHahboz Jo'rabekovni qayd etdi. Mayli bu ularning fikri. 


Milan Mitrovich: "So'g'diyona" kecha oxirgi daqiqalarda ko'rsatgan o'yinini qilishi kerak"


3. "Bunyodkor" va "So'g'diyona"ning o'yini nimaga "signal" beryapti?

Ijobiy jihati shu kecha yosh "qaldirg'ochlar" akalaridan qo'rqmasdan harakat qilishdi, ularning ko'zida uchqun ko'rindi. Gapning ochig'i "Bunyodkor"dan hech kim bunday o'yin kutmagani haqiqat. Qishki o'quv-yig'inlaridagi o'rtoqlik uchrashuvlaridan so'ng salbiy fikrlar uyg'ona boshlagan edi. Havotirlar cho'qqiga chiqqan, hattoki jamoani jon saqlash yo'lida kurashadi deyilgandi. To'g'ri bu birinchi tur, oldinda katta mavsum kutib turibdi. Xulosa qilishga erta. Biroq jamoa namoyish qilgan o'yindagi dastlabki taassurot yuqoridagi fikrlarni yo'qqa chiqishiga ishora qilyapti. Kechagi kamchilik shunda bo'ldiki, yakuniy keskinlashtiruvchi pasni berishda futbolchilar oqsashdi. Aksariyat paslar kuchsiz va uni raqib himoyachilar osonlikcha qaytarishdi. Tomivada sport formasi yaxshi ko'ringani bilan ancha vaqt jamoa bilan birga bo'lmagani sezildi, ko'p to'p yo'qotdi, hujumlarni yakunlashda sovuqqonlik kamlik qildi. Keyingi turlarda ham "Bunyodkor"ni kechagi ishtiyoq va ishonch tark etmasa, o'zi uchun kerakli natijani qo'lga kirita oladi. "So'g'diyona"ning o'yini kishini o'ylantirib qo'ymoqda. Baqoev yomon o'yin bilan ham natija qilish mumkinligini o'tgan mavsum isbotlagandi. Ammo bu yil ham shu holat takrorlansa jamoaga juda va juda qiyin bo'ladi. Baqoev buni ilk turlardagi hayajon bilan bog'ladi. Ko'ramiz keyingi bahslarda qanday bo'lar ekan? 

SHuhrat Maqsudov: "Yosh futbolchilarga ikki oy davomida o'zlariga ishonishlarini, hech kimdan kam emasliklarini uqtirdim"

Ulug'bek Baqoev: "1-tur bo'lgani bois "Bunyodkor"da ham, bizda ham hayajon sezildi"

Eng muhimi kecha hech kim  kelganiga pushaymon bo'lmadi, deb o'ylayman. Mana shunday o'yinlar ko'payishi tarafdoriman. Aks holda o'zi tashrifi kamayib borayotgan ishqibozlarni yanada bezdirib qo'yish hech gapmas.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика