So’nggi yangiliklar

07:52Про лига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  1 07:20Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  10 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  3 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  12 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  7 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  24 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  103 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  24 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7

Ibrohim Otaxonov: “Andijon”ning eng katta yutug'i bu – uning ashaddiy ishqibozlari borligidir” Yangiliklar

Ibrohim Otaxonov: “Andijon”ning eng katta yutug'i bu – uning ashaddiy ishqibozlari borligidir”

Bu yil chempionatda asosiy etiborni oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolishga qaratgan “Andijon” o'z oldiga qo'yilgan vazifani bajardi.

Jamoa kelasi yil endi hammasini boshidan boshlamoqchi. Kuni-kecha mahalliy futbolchilar ishtirokida yig'in boshlab yuborildi. Fursatdan foydalanib, Ibrohim Otaxonovni suhbatga chorladik. Bir necha yillardan buyon “burgutlar”ning etakchilaridan bo'lib kelayotgan ushbu futbolchini maydondagi haqiqiy “jangchi” deyish mumkin. Ammo hayotda anchagina og'ir-bosiq bo'lgan Otaxonov mavsum yakunlari bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Hozircha asosan mahalliy yigitlar bilan mashg'ulot o'tkazmoqdamiz. 20 dekabrdan boshlab esa asosiy yig'inlar boshlanadi – deya gap boshladi Otaxonov. 


- Yakuniga etgan mavsum borasida fikrlaringizni bilmoqchi edik.
- Ochig'ini aytganda, mavsum biz uchun anchagina og'ir o'tdi. CHempionatning 5-turiga kelib ilk g'alabamizni qo'lga kiritdik. Birinchi davrada juda qiynaldik. Autsayderlar qatoriga tushib qolganimizdan so'ng ko'pchilik “Andijon”ni quyi ligaga tushib ketadiganlar ro'yxatiga kiritib bo'lgandi ham. Ikkinchi davraga kelib esa vaziyat ijobiy tomonga o'zgardi va jamoani kuchlilar safida olib qoldik.  

- Darhaqiqat, birinchi davradan so'ng jamoaning egallab turgan o'rniga xavas qilib bo'lmasdi. Oliy ligada qolishi uchun mahalliy muxlislarda qandaydir hadik bor edi. Ammo yakunda hammas ijobiy tomonga hal etildi. Bunga jamoa qanday erishdi?  
- Eng avvalo ahillik tufayli bo'lsa kerak deb o'ylayman. Yigitlar bilan gaplashib, og'ir vaziyatdan chiqib ketish uchun barchamiz astoydil xarakat qilishga kelishib oldik. O'shanda juda qiyin bo'lishini bilardik. Lekin oxirigacha kurashib, uddalasa bo'ladigan ish edi.  


- Murabbiylar o'zgarishi ham qanchalik tasir o'tkazdi deb hisoblaysiz?
- Albatta yangi murabbiylarning qadami qutlug' keldi. Bunday omadsizliklardan so'ng murabbiy o'zgarsa, ko'pincha yaxshilikka bo'ladi. Bazida esa aksincha bo'lishi ham mumkin. Xudoga shukur, bizda ijobiy tasir qildi. Ko'p narsa murabbiyga ham bog'liq. Eng avvalo omadli bo'lishi kerak. Sergey Kovshov bilan Nozim Mullaoxunov ish boshlagach, natija ko'ngildagidek tus ola boshladi. To'g'ri, vazifani bajarilishida boshqa omillar ham yotibdi. Lekin murabbiylarning mexnatlarini unutmaslik lozim.

- Bizningcha ikkinchi davrada moliyaviy jihatdan ham rag'bat sezilarli ravishda bo'lgani asosiy omillardan biri bo'ldi. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- SHubhasiz. Bugungi kunda moddiy jihat katta tasir o'tkazadi. Agarda futbolchiga o'z vaqtida oylik va mukofot pullarini berib turilsa, o'yinchi ham boshqa muammolarga chalg'imasdan astoydil o'ynaydi.

- Tan olish kerak, so'nggi yillarda “Andijon”da moliyaviy muammolar yuzaga kelib, ko'proq shu tomondan oqsamoqda.  
- To'g'ri, moddiy tomondan uzilishlar bo'lib turadi. Lekin bu borada vaziyatni keng tahlil qiladigan bo'lsangiz, bugungi kunda birgina bizning jamoada emas balki oliy liganing deyarli barcha klubida bu tomondan o'ziga yarasha muammo yotibdi. 


- “Andijon”ning barqarorlikka erisha olmayotgani ko'proq nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz?
- (Biroz o'ylanib) Bu savolga chuqurroq yondoshiladigan bo'lsa, gap juda ko'p. Yuqorida aytib o'tilganidek, eng avvalo klubda moliyaviy muammoni bartaraf etmoq lozim. To'g'risi, biz andijonlik futbolchilarga ham har yili oliy ligada “jon saqlab” qolish uchun kurashish sira yoqmaydi. Lekin to'g'ri tushunish kerak, barqarorlikka erishish bu birgina futbolchilar yoki murabbiyga bog'liq emas. Eng avvalo klub o'z infratuzilmasiga ega bo'lmoq lozim. Moddiy jihatdan aldov bo'lmasa, keyin chetdan jamoaga yordam bera oladigan o'yinchi kelishi mumkin. Biroq har yili bir xilgi xato takrorlanaversa ham kurashchan jamoa shakllantirish qiyin bo'ladi. “Andijon”da rahbariyat deyarli har yili o'zgarmoqda. Tarkibni yangilanishi esa gapirmasa ham bo'ladi.  

- Davralar oralig'ida qilingan transferlar ham bizningcha katta plyus bo'ldi. To'g'rimi?
- Ha. Ularning yordami katta bo'ldi. Ikkinchi davra boshida ayrim yotakchi futbolchilarimizning tibbiy ko'rikdan o'ta olmay, jamoaga yordam bera olmagani zararimizga ishladi. Aks xolda mavsum yakuniga kelib, ochkolarimiz soni yanada ko'payardi. Hamma ko'rdi Anvar Berdiev, Iqbol Boboxonov va Abdulloh Olimovning “Andijon”ga ko'p foydasi tekkanini. Ular jamoa o'yinini kuchaytirib bera oldi. SHuning uchun ham natija ijobiy tomonga o'zgardi. Ayniqsa tajribali hujumchi Berdievning yordami katta bo'ldi. Uning insoniyligi yaxshi va jamoadoshlarini ortidan ergashtira olish xususiyati ham borligi sezildi.  


- Maydonda sizni “jangchi” sifatida ko'ramiz. Ammo hayotda xarakteringiz anchagina og'ir-bosiqligiga amin bo'lganmiz.
- Nima desa bo'ladi, maydonga chiqqach sira yutqazgim kelmaydi. Maydonga chiqqach, barchasini unutaman va faqat uch ochko olib, muxlislarni quvontirishni o'ylayman. G'alaba ilinjida bazida qiziqqonlik qilib yuborishimni ham tan olaman. Ishqibozlarimizni ko'z o'ngida faqat yutishimiz kerak degan fikr miyada charx etib turadi. Ularning qizg'in qo'llab-quvvatlashi bizga juda katta quch bag'ishlashini aytib o'tishni istardim. Bu gapni andijonlik bo'lganim uchun emas, haqiqatdan ham bizning muxlislar mamlakatimizda etakchi! Ular har yili bizni safar uchrashuvlarida va og'ir vaziyatlarda ham qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Yutgan o'yinlarimizdan keyin esa klub qarorgohiga kelishib, bayram qilib yuborishadi. Menimcha bunday xolat har qanday futbolchini to'lqinlantirib yuboradi. SHu bois bejiz emas Andijonda o'ynab ketgan futbolchilar doimo muxlislarimiz xususida iliq fikrlarni bildirib yurishlari.  

- Joriy mavsum eng esda qolarli o'yin deb qaysilarni aytgan bo'lardingiz?
- Oliy ligada qolish uchun kurashganimiz bois ham bizga har bir bahs qiyin bo'ldi. Eng yodda qolgani deb esa  shubhasiz eng avvalo “Neftchi”ni Farg'onada yutib kelganimiz deb aytgan bo'lardim. Keyin o'z uyimizda “So'g'diyona”ni mag'lub etganimiz ham bizga ruhiy ustunlikni taqdim etdi.

- Darvoqoe, “Neftchi”ni bungacha “Andijon” sira Farg'onada yutmagandi. Ushbu qora ananani buzish qay tariqa amalga oshdi. Aynan nimani evaziga g'alaba qo'lga kiritildi?
- Tan olish kerak, ko'pchilik o'yindan oldin mezbonlarni favorit sifatida ko'rib, uch ochkoni ularning hisobiga yozib qo'yganlar ham bo'lgandi. Kutilmagan va shu bilan birga shov-shuvli natija bo'ldi. Farg'onaga ketishdan oldin butun jamoa bo'lib, kamida bir ochko bilan qaytish haqida o'ylab, barchamiz bor kuchimiz bilan o'ynashga xarakat qildik. Rahbariyat ham uchrashuvdan oldin futbolchilarga ruhiy jihatdan dalda bera oldi. Ashaddiy ishqibozlarimiz borishlarini bilardik. Ular uchun ham o'ynab, yorug' yuz bilan qaytishni juda-juda istadik. Har bir o'yinchida ishtiyoq yuqori edi. Bu kabi derbi o'yinlarida jamoalarning egallab turgan o'rni u qadar muhim ahamiyat kasb etmaydi. Har bir jamoa jiddiy “jang” qiladi. Ochig'ini aytganda, durang ham bizni qoniqtirardi. Lekin uchrashuvda birinchi bo'lib gol kiritib olgach, asosiy etiborni qanday qilib bo'lmasin hisbni saqlab qolishga qaratdik. Bunga butun jamoa bo'lib erishdik. Bir umr esdan chiqmaydigan, tarixiy g'alab bo'ldi.

- “Andijon” yoshlar jamoasidan ilgari har mavsum kamida ikkita futbolchi asosiy tarkibdan o'rin olardi. Ammo so'nggi paytlarda birorta futbolchi yarq etib porlab chiqmayapti. Buni siz ham sezyapsizmi?
- Ha, shunday. Bu tomondan oqsash kuzatilmoqda. Lekin bu yil mana Farhod Bekmurodov asosiy tarkibga jalb etildi. Iqtidorli futbolchi. Agar o'z ustida ishlashni to'xtatmasdan yanada oldinga qarab intilsa unday yaxshi futbolchi etishib chiqadi deb o'ylayman. Bekmurodov bu yil o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishga ham ulgurdi. Murabbiylar shtabida bolalar bilan ishlash hadisini olgan viloyatdagi taniqli mutaxassislar ish boshladi. Menimcha endilikda mahalliy yoshlarga ham katta etibor qaratiladi.  


- Jamoa etakchisi sifatida aytingchi, kelasi yil qaysi chiziqlarni kuchaytirish lozim?
- Buni eng avvalo murabbiylar hal qiladi. Menimcha har bir poziciyaga kamida 2-3tadan o'yinchi olish zarur. SHunda jiddiy raqobat yuzaga keladi va o'sish kuzatiladi. Andijonlik futbolchilarni yig'ib, ularga o'z vaqtida oylik maoshlarini berib borilsa ham menimcha natija chakki bo'lmaydi. CHunki men ishonamanki o'zimizning yigitlar bunga qodir. Ahilligimizga ko'z tegmasin. Lekin bu bilan chetdan futbolchi olib kelish keark emas demoqchi emas. Tajribali o'yinchilar ham kerak. Masalan Anvar Berdievga o'xshagan etakchilar.

- Kelasi mavsum o'zingizni “Andijon”da ko'ramizmi yoki boshqa takliflar bormi?
- Takliflar yo'q emas. Lekin “Andijon”ga kerak ekanligimni bildirishdi. SHunday ekan jamoada qolib o'ynashda davom etaman.

- Bu yilgi chempionatda 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdingiz. Faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- O'yinimdan qoniqdim. Qo'ldan kelganicha jamoamning yutuqlariga hissa qo'shishga xarakat qildim. Lekin munosib bahoni ishqibozlar bergani maqul.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика