Ibragimovich "Sassuolo"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamoqchi
21 may 2022 23:55
Yangiliklar
Ibragimovich "Sassuolo"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamoqchi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "rossonerilar" uchun chempionlikka aylanishi mumkin bo'lgan A Seriyaning so'nggi turida "Sassuolo"ga qarshi o'yinga tayyor.
Klub bosh murabbiyi Stefano Pioli shvedciyalik forvard bu o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishni istayotganini aytdi.
“Ibragimovich ham ertaga barcha futbolchilarimiz kabi o'yinni asosiy tarkibda boshlamoqchi. Ushbu mavsumda jamoaga idrok qilishni, to'g'ri mentalitet va boshqa juda ko'p muhim narsalarni singdirdi. U biz uchun nihoyatda muhim o'yinchi”, - deya xulosa qildi Pioli matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, 40 yoshli Zlatan Ibragimovich mavsum oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin. Futbolchi ayni damda keyingi mavsumda jamoada qolish-qolmasligi haqida o'ylamoqda.
Fikrlar