Ibragimovich 8 oyga safdan chiqdi
25 may 2022 19:08
Yangiliklar
Ibragimovich 8 oyga safdan chiqdi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich yaqin sakkiz oy davomida maydonga tusholmaydi.
SHveciyalik hujumchi tizzasidan jarohat olgan va operaciyaga muhtoj. Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, tiklanish davri 8 oy davom etishi kerak.
Hozirda 40 yoshli Ibragimovich futbolchilik faoliyatini davom ettirish yoki ettirmasligi haqida o'ylamoqda. SHveciyalik forvard ushbu mavsumda jarohatlar tufayli ko'p muddatni o'tkazib yubordi, shuning uchun bu omil uning yakuniy tanloviga tasir qilishi mumkin.
Ibragimovichning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi atigi bir oydan keyin yakunlanadi. Avvalroq klub unga yangi shartnoma taklif qilishga tayyorligi aytilgandi, ammo jarohatdan keyin bu taklifdan voz kechilishi mumkin.
Fikrlar