So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  1 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  6 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

Husniddin G'ofurov: "Aslida jamoa oldiga "So'g'diyona"ni mag'lub etish vazifasi qo'yilgandi" Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: "Aslida jamoa oldiga "So'g'diyona"ni mag'lub etish vazifasi qo'yilgandi"

Superliganing 2-turida "So'g'diyona" va "Neftchi" jamoalari nursiz durang o'ynashdi.

Uchrashuvdan so'ng bahsni asosiy tarkibda boshlagan farg'onaliklarning mohir himoyachisi Husniddin G'ofurov "Neftchi" rasmiy saytiga intervyu berdi. G'ofurov jizzaxliklarga qarshi bellashuv borasida munosabat bildirar ekan, mana shunday injiq ob-havo sharoitida ham jamoalarni qo'llab-quvvatlab borgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirdi.

- Fikrim avvalida barcha muxlislarga rahmat aytib qolaman. Aytish kerakki, o'yin vaqtida bo'lgan qattiq shamol tufayli nafaqat to'p surish, balki tribunada turib o'yinni tomosha qilish ham mushkul sanaladi. SHunga qaramay, ishqibozlar uchrashuv yakuniga qadar futbolchilarni qo'llab-quvvatlab borishdi. Farg'ona va Jizzax orasidagi masofa uzoq bo'lishiga qaramay, Vodiydan ham ko'plab "Neftchi" muxlislari 2-tur o'yiniga etib kelishdi. Muxlislarning daldasi futbolda juda muhim deb o'ylayman.

- Husniddin, bu yil Superliga bahslari ancha qizg'in va murosasiz ruhda kechmoqda. SHu qatori "So'g'diyona" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yin ham yuqori suratda kechdi. Uchrashuv borasidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Joriy mavsumda xar bir o'yindagi ochkolar juda qimmatli sanaladi. Aslida jamoa oldiga "So'g'diyona"ni mag'lub etish vazifasi qo'yilgandi. Lekin  afsuski bahsda gol kirita olmadik. SHu qatori bu vazifani raqib jamoa ham uddasidan chiqmadi. Lekin oz bo'lsada, bir ochkoga ega chiqdik.


- Ob havoning injiqliklari ham natijaga tasir qildi.


 - SHubhasiz! Kuchli shamol tufayli nafaqat biz balki "So'g'diyona" ham o'z imkoniyatlarini to'liq namoyish eta olmadi. Birinchi bo'limda mezbonlar ko'proq hujum qilgan bo'lsa, navbatdagi taymda bizda vaziyatlar ko'proq bo'ldi. Ochig'i,  menda to'p darvozaga kirishni istamagandek tasavvur uyg'ondi.

- Keyingi tur Farg'onada bo'ladi. Mazkur bellashuvda farg'onalik muxlislar "Neftchi"dan ilk g'alabani kutishlari aniq. To'g'rimi?


- Ha to'g'ri aytdingiz. Diqqat etiborimiz "Bunyodkor" bilan bo'lib o'tadigan o'yinga qaratilgan. Biz xar bir bahsda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Nasib qilsa, uchinchi turda Farg'ona ahlini xursand qilamiz.

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика