"Humo" xokkey klubi o'yini munosabati bilan "Olimpik" – "Andijon" bahsi 17:00 da o'tkaziladigan bo'ldi
30 mar 2023 14:51
Yangiliklar
"Humo" xokkey klubi o'yini munosabati bilan "Olimpik" – "Andijon" bahsi 17:00 da o'tkaziladigan bo'ldi
Coca Cola Superligasi 4-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Andijon" uchrashuvi vaqti o'zgartirildi.
Bellashuv 3 aprel kuni "Jar" stadionida bo'lib o'tadi. Avvalroq Liga uning startini 18:00 ga reja qilgandi. Biroq keyinchalik "Sport" telekanali o'yin vaqtini o'zgartirish yuzasidan taklif bilan chiqdi.
3 aprel kuni, shuningdek, poytaxtimizda xokkey bo'yicha Qozog'iston Pro ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. SHundan kelib chiqib, "Sport" Toshkentning "Humo" jamoasi ishtirokidagi bellashuvni ham jonli efirga olib chiqishni reja qilgan.
O'zbekiston Professional futbol ligasi o'yin vaqti masalasida "Olimpik" va "Andijon" futbol klublari rahbariyatini avvaldan xabardor qildi.
SHu tariqa, "Olimpik" – "Andijon" bahsi 17:00 da boshlanadi.
Fikrlar