So’nggi yangiliklar

08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  1 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2

Hududiy futbol associaciyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida Yangiliklar

Hududiy futbol associaciyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol associaciyalariga (keyingi o'rinlarda — hududiy futbol associaciyalari) ularning asosiy vazifalari sifatida quyidagi yo'nalishlarni rivojlantirish tavsiya etilsin:

bolalar va o'smirlarning futbol bilan shug'ullanishga qiziqishini oshirish, havaskor futbolni ommalashtirish, bu borada umumtalim maktablari, sport-talim muassasalari, mahalla va tashkilotlarda futbol bo'yicha musobaqalarni tashkil etish;
yuqori iqtidorga ega bo'lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish (selekciya) tizimini tubdan takomillashtirish;
futbol sohasiga xususiy investiciyalarni keng jalb etishni tashkil qilish;
futbol sohasining bozor mexanizmlari asosida boshqarilishini taminlash;
futbol klublarini xususiy sektorga o'tkazishni tashkil etish hamda ular orasida sog'lom sport raqobati muhiti yaratilishini taminlash;
futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yo'lga qo'yish orqali «o'zbek futboli» brendi yaratilishini taminlash;
futbol sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga ilg'or ilmiy-metodik va innovacion texnologiyalarni joriy etish;
futbol sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish yuzasidan doimiy ravishda takliflar ishlab chiqish;
futbolni, shu jumladan hududiy futbol associaciyalari azolarini, futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, futbol faxriylari va boshqa mutaxassislarni ilmiy-metodik va moddiy-texnik jihatdan taminlashga ko'maklashish.

2. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga:
hududiy futbol associaciyalarining moliyaviy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tegishli hududda futbolni rivojlantirish uchun homiylar biriktirish, shuningdek, hududiy futbol associaciyalarini joylashtirish uchun bino va inshootlar ajratish;
hududdagi futbol mahorati maktablari, shuningdek, futbolga ixtisoslashtirilgan sport maktablarini rivojlantirishni doimiy nazorat qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ko'maklashish;

«Sport maktablari futbol ligasi» va «Professional futbol maktablari ligasi» musobaqalarini Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritish va ajratilgan mablag'lar doirasida o'z vaqtida moliyalashtirish;
tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, jumladan, O'zbekiston futbol associaciyasi talablariga asosan har bir tumandan (shahardan) hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va o'tkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion bo'lishini taminlash vazifalari yuklansin.

3. Belgilab qo'yilsinki, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy futbol associaciyalari faoliyati Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qo'shimcha daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda hududiy futbol associaciyalari O'zbekiston futbol associaciyasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga muvofiq har yili moliyalashtiriladi.

4. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda hududiy futbol associaciyalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo'yicha har bir hududda turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalarga o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish uchun joy ajratilishini;

O'zbekiston futbol associaciyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar o'quv-mashg'ulot markazlarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;

turli yosh toifasidagi hududiy terma jamoalar o'quv-mashg'ulot markazlarining loyiha-smeta hujjatlari Xalqaro Futbol Associaciyalari Federaciyasi (FIFA) talablariga muvofiq futbol maydoni, futzal (mini-futbol) bo'yicha musobaqalar o'tkazishga mo'ljallangan yopiq turdagi sport zali, futbolchilar, hakamlar va trenerlar uchun mo'ljallangan kiyinish-echinish, yuvinish, fitnes, tibbiyot va majlis o'tkazish xonalarini o'z ichiga olgan mamuriy binolar bo'lishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini;
2021 yildan boshlab tasdiqlanadigan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qo'shimcha mablag'lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag' ajratilishini taminlasin.

5. O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga hududiy futbol associaciyalari faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.

6. O'zbekiston futbol associaciyasiga:
Xalqaro Futbol Associaciyalari Federaciyasi (FIFA) talablariga muvofiq salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularning xorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini taminlash, shuningdek, futbolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Futbol bo'yicha agentlar (vositachilar) faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditaciyadan o'tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Xalqaro Futbol Associaciyalari Federaciyasi (FIFA) va Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK) talablariga muvofiq professional futbol klublari maqomini belgilash yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga kiritish;
bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda, hududiy associaciyalarning namunaviy tuzilmasi va ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash tavsiya etilsin.

7. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi A.A. Abduxakimov hamda O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,
2020 yil 22 may,
311-son

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 311-son qaroriga
ILOVA

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining o'z kuchini yo'qotgan deb etirof etilayotgan qarorlari
RO'YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishni davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida» 2009 yil 3 dekabrdagi 304-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2009 yil, 12-son, 74-modda).

2. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, bazilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 5 martdagi PF-5368-son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to'g'risida» 2018 yil 5 martdagi PQ-3583-son qarori)» 2018 yil 5 iyuldagi 508-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.

(Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasi, 23.05.2020 y., 09/20/311/0639-son)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика