So’nggi yangiliklar

14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  0 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  2 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  1 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  22 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  5 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13 09:02Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 08:31“Рома“ Шомуродовни қанчага сотишни режа қилгани маълум  8 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Интер Майами“ иштирок этган гуруҳдан кейинги босқичга йўл олганлар маълум  29 07:25Суперлига. "Қалдирғоч"лар Абрамов жамоасини йирик ҳисобда мағлуб этишди, Абдухолиқовдан дубл  0

Hozircha Gollandiya guruhda qoladi, Islandiya va CHexiya Evro-2016da! Yangiliklar

Hozircha Gollandiya guruhda qoladi, Islandiya va CHexiya Evro-2016da!

"A" guruhida sensaciya yuz berdi. Quradan keyin Gollandiyani favorit sanaganlar bugun adashganliklariga guvoh bo'ldilar.

Mazkur guruhda Gollandiya, CHexiya va Turkiyadan keyin to'rtinchi jamoa sifatida qaralgan Islandiya Lars Lagerbak boshchiligida muddatidan ikki tur avval Franciya yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan qita chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Boisi Turkiya o'z maydonida uchar gollandlarni mag'lubiyatga uchratdi. Bir tur avval Gollandiya ustidan g'alaba qozongan Islandiya, yana bir necha daqiqalardan so'ng Qozog'iston terma jamoasiga qarshi kechadigan o'yinda yo'llanmani rasman qo'lga kiritadilar.

Hozirgina safarda Latviya ustidan 1:2 hisobida g'alaba qozongan chexlar ham Islandiya kabi to'g'ridan - to'g'ri Evro yo'llanmasiga ega chiqdilar. Pavel Vrba beshinchi marotaba terma jamoasini to'rt yillikning muhim musobaqasiga olib chiqqan murabbiy sifatida tarixga kiradigan bo'ldi.

Evro-2016na eng yaxshi uchinchi o'rin natijasini qayd etgan terma jamoa ham to'g'ridan-to'g'ri musobaqaga yo'l oladi. Qolgan 8ta ikkinchi o'rin soxiblari esa  o'zaro bahs olib boradilar va g'olib chiqqan terma jamoagina musobaqa yo'llanmasiga ega chiqadi. Ko'rib turgangizdek, oz bo'lsada Gollandiyada imkoniyat mavjud. Lekin bugungi g'alabadan so'ng Turkiya terma jamoasi uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi.   

"A" Guruhi. 8 tur.
Turkiya - Gollandiya 3:0
Gollar:
Oguzan Ozyapuk (8), Arda Turan (26), Burak Yilmaz (86)

Latviya - CHexiya 1:2
Gollar:
Arturs Zyuzins (73) - David Limberski (13), Vladimir Dirada (25)

Islandiya - Qozog'iston
Soat: 23:45.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика