Holand 200 nafar muxlisning safar xarajatlarini qoplab beradi
24 noy 2023 23:26
Yangiliklar
Holand 200 nafar muxlisning safar xarajatlarini qoplab beradi
Norvegiya ikkinchi divizionida ishtirok etadigan "Bryune" dam olish kunlari pley-off bosqichida ishtirok etadi.
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand sobiq jamoasining 200 nafar muxlisini klubni safardagi o'yindagi qo'llab-quvvatlash uchun yo'l xarajatini qoplaydi.
"Bryune" so'nggi 17 yil ichida ilk bor pley-off bahslarida ishtirok etadi. Poezd chiptalarining umumiy narxi 16 ming dollarni tashkil etadi.
Holand 6 yoshida "Bryune" jamoasiga qo'shilgan va taxminan 10 yil mazkur klub akademiyasida tahsil olgan.
Fikrlar