So’nggi yangiliklar

21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5

Hojimat Erkinov: "Terma jamoada mashg'ulot o'tkazish menga katta tajriba beradi" Yangiliklar

Hojimat Erkinov: "Terma jamoada mashg'ulot o'tkazish menga katta tajriba beradi"

Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Kecha milliy jamoamiz Temur Kapadze murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga chiqdi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng milliy terma jamoaga ilk bor taklif etilgan Hojimat Erkinovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Mashg'ulotlar yaxshi ketmoqda. Barcha futbolchilar bor kuchi bilan harakat qilyapti. Har bir kungi mashg'ulot ko'tarinki kayfiyatda o'tmoqda desam mubolag'a bo'lmaydi. Uyda o'tirgan edim, kech bo'lib qolgandi, O'FA rasmiy saytida terma jamoaga chaqirilganlar ro'yxatida ismimni ko'rib qoldim. Milliy jamoadan taklif olish har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Albatta, milliy jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etish menga katta tajriba va malaka oshirish imkonini beradi. Hali yoshman, o'rganishim kerak. Vadim Abramov haqida faqat ijobiy fikr bildirishim mumkin. Yaxshi inson va yaxshi murabbiy",- deydi AGMK futbolchisi Hojimat Erkinov. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика