So’nggi yangiliklar

21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  38 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4

Hindiston chetlatildi, bu saralash o'yinlarida O'zbekistonga ham tasir qilishi mumkinmi? Yangiliklar

Hindiston chetlatildi, bu saralash o'yinlarida O'zbekistonga ham tasir qilishi mumkinmi?

Ha, agarda Hindiston o'smirlar terma jamoasi "D"dan keyingi istalgan boshqa guruhda bo'lganida.

Yaqindagina bo'lib o'tgan qura tashlash marosimida, hindlar o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining saralash o'yinlarida Saudiya Arabistoni, Myanma, Maldiv va Quvayt jamoalari bilan birga "D" guruhidan joy oldilar. 


Saralash qoidalariga ko'ra, dastlabki 4ta guruhda 5tadan, qolgan 6ta guruhda 4tadan jamoa final yo'llanmasini uchun kurash olib boradilar. O'zbekiston esa Janubiy Koreya, Bruney va SHri Lanka bilan bir guruhda. "A", "V", "S" va "D" guruhlarida so'nggi, 5-o'rinni qo'lga kiritgan jamoaga qarshi kechga o'yinlardagi natijalar, qolgan guruhlardagi jamoalar soni 4ta bo'lganligi uchun bekor qilinadi. Ko'rib turganingizdek, O'zbekiston uchun bu muammo keltirib chiqarmaydi. Agar Hindiston to'rttalik guruhda bo'lganida, unda bizga muammo bo'lishi mumkin bo'lardi, agarki guruh g'olibligini qo'lga kirita olmasak. Yakunda so'nggi o'rindagi raqib bilan natijamiz bekor bo'lib, urilgan gollarimiz ham yo'q bo'lardi. 


FIFA Butun Hindiston futbol federaciyasini diskvalifikaciya qildi. Buni “So'g'diyona”ga qanday aloqasi bor?


Endi yoshlar terma jamoasidagi holat. Afsuski bu erda Hindiston 4ta jamoadan iborat "H" guruhidan joy olgan. Endi Avstraliya, Iroq va Quvayt terma jamoalari o'zaro o'yinlarda keyingi bosqichga chiqadigan jamoaning nomini hal qiladilar. Bu erda muammo "E", "F", "G", "I" va "J" guruhlaridagi jamoalarda bo'ladi. Endi ularning to'rtinchi jamoaga qarshi kechadigan o'yinlaridagi natijalar bekor bo'ladi. "A", "B", "C" va "D" guruhlarida undan ham qiziq bo'ladi. Eng yaxshi ikkinchi bo'ladigan jamoaning so'nggi ikkita o'yindagi raqiblarining natijasi bekor bo'ladi. Muammo aslida bunda emas, ular qaysi jamoa yakunda to'rtinchi yoki beshinchi bo'lishini bilmaydilar. Buni esa bizga zarracha tasiri yo'q, sababi bu yoshdagi Osiyo chempionatiga 2023 yilda O'zbekiston mezbon va biz muddatidan avval musobaqa yo'llanmasini naqt qilganmiz.


Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика