So’nggi yangiliklar

16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  4 15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  6 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  1 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9

Himoyachilarga kuni qolgan "Paxtakor", hazilkash darvozabon, yarashtiruvchi murabbiy, "mergan" Turg'unboev, stadionga tashrif buyurgan Jahongir Ortiqxo'jaev - "Paxtakor" va "Olimpik" o'rtasidagi uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi? Yangiliklar

Himoyachilarga kuni qolgan "Paxtakor", hazilkash darvozabon, yarashtiruvchi murabbiy, "mergan" Turg'unboev, stadionga tashrif buyurgan Jahongir Ortiqxo'jaev - "Paxtakor" va "Olimpik" o'rtasidagi uchrashuv nimasi bilan yodda qoldi?

Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" uchrashuvi qiziqarli vaziyatlari bilan yodda qoldi.

- Himoyachilarga kuni qolgan "Paxtakor"

- Hazilkash darvozabon

- Yarashtiruvchi murabbiy

- "Mergan" Turg'unboev

- Stadionga tashrif buyurgan Jahongir Ortiqxo'jaev

Coca-Cola Superliga. "Paxtakor" chempionatni o'z maydonida mag'lubiyat bilan boshladi, klubning omadsiz seriyasi davom etadi

Mamlakatning amaldagi chempionlari dastlabki turga yo'qotishlar bilan tashrif buyurdi. Xususan, klubning bir qator yosh o'yinchilari, jumladan, Abbos Fayzullaev yoshlar terma jamoasi ixtiyoriga borib qo'shildi. SHuningdek, oldingi chiziq vakili Pshemislav Banashak "Qayrat"ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Mazkur uchrashuv avvalidagi tarkib bo'yicha CHeran yaqqol hujumchi vazifasini bajarishi, Rashidov esa ortda unga yordam berishi lozim edi. Uchrashuv davomida esa ushbu holatning teskarisi yuz berganining guvohiga aylandik. "Olimpik"la ham shu holat kuzatildi. Forvard sifatida ko'rsatilgan Jo'raqo'ziev o'z o'rnini o'yin davomida Alisher Odilov hamda Ruslan Jiyanov bilan almashib turdi.

Uchrashuvni kuchli pressing bilan boshlagan "Olimpik"ga o'yin davomida bu taktika ancha qo'l keldi. Bu orqali himoya va yarim himoya o'rtasidagi bog'lamga to'siq qo'yildi. Oqibatda "Paxtakor" futbolchilari yo'q joydan xatolar sodir etishdi va to'pni yo'qotishdi. 

Misol uchun, uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Azmiddinovning yarim himoyachilarga oshirgan to'pi raqib futbolchisidan o'tmadi. Agarda SHahzod epchilroq harakat qilmaganida, uchrashuv startidayoq Suyunovning peshonasidagi terlar shashqator bo'lishi mumkin edi. 

Biroq shunday bo'ldi ham. "Olimpik" futbolchilarining tezligi g'alabaning muhim omillaridan biri bo'ldi. Aynan ikki golning yuzaga kelishida Alisher Odilovning "Paxtakor" himoyachilarini ortda qoldirishi natijasida yuzaga keldi. Birinchisida 37-raqamli hujumchi penalti ishlab bergan bo'lsa, ikkinchisida o'zi masalani hal qilib qo'yaqoldi. Qiziq tomoni, ikkala gol ham taymlarning boshida urildi. 

"Paxtakor" himoyachisida muammolar etarlicha, bunga bazi o'rtoqlik uchrashuvlarida ham guvohi bo'ldik. Mudofaa vakillarining aybini bitta jihat bilan bekitish mumkin — gollar. 90 daqiqa davomida na CHeran-u, na Rashidov eplolmagan ishni "sherlar"ning ikki himoyachisi uddaladi. Uddalagandayam videorolik qilishga arzirli tarzda darvozani ishg'ol qilishdi. O'ng oyog'ida hatto kamdan-kam pas beradigan Sayfievning uzoq masofadan jarima zarbasini aniq amalga oshirganining o'ziyoq "Olimpik" posbonini shoshirib qo'ydi. 

Tursunov ham aynan uzoq masofadan raqib darvozasiga yo'l topa oldi. "Paxtakor" uchrashuv davomidagi raqibiga qaraganda ko'proq zarba yo'lladi, ayniqsa, jamoa etakchisi Dragan CHeran bir necha vaziyatlarni ko'kka sovurdi. 

Uchrashuv yakuniga bir necha daqiqa qolganida esa Turg'unboev raqibning bo'sh qolgan darvozasiga salkam ikki-uch metr masofadan hazilakam zarba yo'lladi.

"Olimpik" darvozaboni Hamidullo Abdunabiev ham o'tgan hafta Evropa CHempionlar ligasi nimchorak finali doirasidagi "Liverpul" — "Real Madrid" uchrashuvidan qattiq tasirlangan ko'rinadi, uchrashuv davomida bir necha bor memlarga sabab bo'ladigan harakat amalga oshirdi. Yaxshiyamki, uning tomoshabin yuzida jilmayish kayfiyatini uyg'otadigan harakatlari ortiqcha xavf tug'dirmadi. Biroq bu bilan uning harakatlariga yomon baho bermoqchi emasman, o'z debyutida g'alaba qozongan posbon Kapadze tomonidan yana imkoniyat berilsa, xatolarini tuzatib borishi mumkin.

Uchrashuv chindan kurashlarga boy bo'ldi. Bahs shu darajaga etdiki, "Paxtakor" futbolchilari bratishkalari bilan tortishishgacha borishdi. Ayniqsa, Turg'unboev va Mirsaidov birinchi bo'lim davomida qo'shtirnoq ichida rosa ahil-inoq bo'lishdi. Ularni yarashtiradigan Oliy sud vazifasini esa "Olimpik" ustozi Timur Kapadze bajardi.

Kechagi uchrashuvda maydon o'rindiqlar bilan to'lib-toshdi. Ushbu bellashuvga 2500 ga yaqin tomoshabin tashrif buyuribdi. Tashrif buyurganlar orasida anchadan beri ommaga ko'rinish bermagan "Paxtakor" klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo'jaev ham bor edi.

Xulosa qilib aytganda, kechagi uchrashuv tomosha qilishga arzirli tarzda o'tdi. "Paxtakor" 13 yildan so'ng dastlabki turda mag'lubiyatga uchradi. Qolaversa, "sherlar"ning "Olimpik"ga qarshi chempionat doirasidagi g'alabasiz seriyasi davom etadi.

Timur Kapadze: "Paxtakor"ga qaraganda yaxshiroq o'yin namoyish etdik va haqli g'alabaga erishdik"

SHackix: "Bugun go'yo katta professor, akademiklardek maydonga tushdik"

"Paxtakor" 2-turni safarda "Neftchi"ga qarshi o'tkazsa, "Olimpik" ham bu safar "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика