So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Himoya ochib bersa gol urish ham oson bo'ladi yoxud kechagi o'yin haqida ikki og'iz Yangiliklar

Himoya ochib bersa gol urish ham oson bo'ladi yoxud kechagi o'yin haqida ikki og'iz

Kecha oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu o'yinda "Bunyodkor" raqib ustidan yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi va barcha gollar birinchi taymda muborakliklar darvozasiga kiritildi.
Kiritilgan gollarning vaqtiga qarang: 13, 16, 21 va 36. "Mashal" 13-daqiqadan boshlab to 21-daqiqagacha, yani qandaydir sakkiz daqiqa ichida uchta gol o'tkazib yubordi. Va barcha gollar maydon markazidan boshlangan hujumlar natijasida yakun topdi. Bu o'yinda "Mashal" umuman hech narsa qila olmadi. Raqibga qarshilik deyarli ko'rsatilmadi, ayniqsa birinchi taymda. Aslida-ku, kechagi o'yin bir taymlik futbol bo'ldi.

"Mashal" futbolchilarining oddiy vaziyatlarda raqibni o'tkazib yuborishlarini qanday tushunish mumkin, hayronmiz. Agar raqib o'ynamasa yoki o'ynashni xohlamasa, narigi jamoaning gol urishi ham juda oson bo'lar ekan. Kechagi bahsda shu narsa yaqqol ko'zga tashlandi. "Bunyodkor" Osiyo chempionlar ligasida gol ura olmasdan qanday qiynalgan edi-ya. CHunki unda raqib himoyachilari tomonidan agressiv qarshilik ko'rsatilgandi. Lekin "Mashal" o'yinchilari xuddi bog'cha bolalari kabi hech nima qila olishmadi. "Bunyodkor" 8 daqiqa ichida uchta gol kiritgan paytda ular shunchaki tomoshabin bo'lib qarab turishdi.

Etibor bering, "Bunyodkor" markazdan hujum uyushtirayotgan paytda raqib futbolchisi markazni yopishni o'rniga qanotga o'tib ketyapti. Bu qanaqasi? Qani qarshilik? Nega "Bunyodkor" futbolchilari juda osonlik bilan hujumga o'tib ketishdi yoki "Mashal"ning bo'lgani shumi? Oliy liga saviyasi ko'tarilyapti deymiz, qani saviya oshayotgani? Kechagi o'yin bilanmi? Yoki stadionga kelgan mingdan sal ko'proq tomoshabin tufaylimi? SHunday hashamatli stadion kecha bo'm-bo'sh bo'lib qoldi-ya.

O'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov "Mashal" poytaxtga kelganda jamoasi o'yini hech qovushmasligi haqida gapirib o'tdi. Mana, bir necha yildirki ahvol shu. "Mashal" Toshkentga kelsa faqat yutqazadi. Murabbiy shuni yo'qqa chiqara olmasa, unda nima qilib yuribdi? Xomyakov tezkor gol bizni "sindirdi" deyapti. Futbolda tezkor golmi, kechroq golmi buning nima farqi bor? Tezkor gol bo'lmasligi uchun himoyada shunga yarasha jipslashib harakat qilishi kerak emasmi, hadeb o'z chizig'ini tashlab boshqa yoqqa ketib qolmasdan.

To'g'risi, kecha "Mashal" ko'rsatgan o'yinni umuman futbol deb bo'lmaydi. Bu xuddi xohlagancha uraveringlar, biz indamay turamiz degandek gap. Bizga qarshiliksiz futbol umuman kerak emas. Mayli, jamoa yirik hisobda yutqazsin, lekin maydonga tushdimi, nimadir qilsin, qarshilik ko'rsatsin. Ana shunda futbol o'sadi. Bunaqa o'yin bilan oliy ligani OLIY LIGA deb bo'lmaydi. Kechirasiz-u, hatto bolalar ligasida ham butsasi yirtiq yosh bolachalarning qarshiligi kechagi "Mashal"ning o'yiniga nisbatan ko'proq bo'ladi. Ishonmasangiz, borib bolalar o'rtasidagi musobaqalarni bir ko'ring.

Jasur Aslanov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика