So’nggi yangiliklar

09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  1 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  5 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  4 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  4 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  21 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  3 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  16

Hamrobekov, Rahmonov va Ergashev 2 ta, G'ulomov 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi - Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

Hamrobekov, Rahmonov va Ergashev 2 ta, G'ulomov 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi - Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

AGMK – "Metallurg"

O'zbekiston Superligasining 14-turidan o'rin olgan AGMK – "Metallurg" bahsida mezbonlar vakili Sardor Rahmonov raqibining to'pig'iga oyog'ining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sardor Rahmonovga (AGMK) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

"So'g'diyona" – "Bunyodkor"

O'zbekiston Superligasining 14-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv "So'g'diyona" – "Bunyodkor" o'yinida mehmonlar vakili Davron Ergashev raqib bilan kurashda raqib oyog'ining himoyalanmagan qismiga butsasining tag qismi bilan sakrab zarba bergan. Bosh hakam ushbu vaziyatda Ergashevni maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Davron Ergashevga ("Bunyodkor") nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

"Qo'qon-1912" – "Neftchi"

O'zbekiston Superligasining 14-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Neftchi" uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Abbosjon G'ulomov raqib tizza qismiga to'psiz vaziyatda oyog'ining tag qismi bilan sakrab zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abbosjon G'ulomovga (“Neftchi”) nisbatan 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

"Nasaf" – "Surxon"

Coca Cola Superligasining qoldirilgan 5-tur doirasidagi "Nasaf" – "Surxon" bahsida mehmonlarning yordamchi murabbiyi Migel Alvares texnik zonada uchrashuv translyaciyasini planshet orqali kuzatib borib, bosh hakam qarorlariga shu orqali ketma-ket etiroz bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Migel Alvarez Sanchezga ("Surxon") nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


"So'g'diyona" – "Paxtakor"

Coca Cola Superligasining qoldirilgan 11-tur doirasidagi "So'g'diyona" – "Paxtakor" uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Odiljon Hamrobekov raqib o'yinchisiga nisbatan tajovuzkor xatti-harakat qilganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Odiljon Hamrobekovga ("Paxtakor") nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

"Dinamo" – "Nasaf"

Coca Cola Superligasining qoldirilgan 11-tur doirasidagi “Dinamo” — “Nasaf” bahsida mezbonlarning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Anatoliy Kurlaev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Anatoliy Kurlaevga (“Dinamo”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


"Nasaf-farm" – "Paxtakor-79"

Birinchi liga 12-turidan o'rin olgan "Nasaf-farm" – "Paxtakor-79" uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Javohir Jumaev raqibiga nisbatan qo'lining tirsak qismi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Javohir Jumaevga (“Nasaf-farm”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


"Lokomotiv BFK" – "CHig'atoy"

Birinchi liga 12-turidan o'rin olgan "Lokomotiv BFK" – "CHig'atoy" bahsida mehmonlar murabbiyi Dmitriy Kim bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Dmitriy Kimga (“CHig'atoy”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


AGMK – "Metallurg"

U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi AGMK – "Metallurg" bahsining 64-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sarvar Ablaev tajovuzkor xatti-harakati bilan raqib o'yinchisiga qo'pollik ishlatgan. U raqibining tizza qismiga butsasining yuz qismi bilan zarba bergan va maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sarvar Ablaevga (AGMK) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


"Surxon" – "Olimpik" 

U-21 chempionatining 14-turi doirasidagi "Surxon" – "Olimpik" uchrashuvida mehmonlar vakili Sunnatilloh Hamidjonov raqib futbolchisining yuz qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sunnatilloh Hamidjonovga ("Olimpik") nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


"Turon" – "Qo'qon-1912"

U-19 chempionatining 9-turi doirasidagi "Turon" – "Qo'qon-1912" bahsida mezbonlar vakillari Otabek Ageev va Ruslan Mahkamov hamda mehmonlar futbolchisi Xabibulloh SHaripovlar o'rtasida mushtlashuv yuz bergan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Otabek Ageev va Ruslan Mahkamov (har ikkisi “Turon”) hamda Xabibulloh SHaripovga (“Qo'qon-1912”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


"Paxtakor" – AGMK

U-19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – AGMK uchrashuvida mehmonlar murabbiyi Ruslan Gamadeev bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ruslan Gamadeevga (AGMK) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


"Xorazm" – "Qizilqum"

U-19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Qizilqum" bahsida mehmonlar futbolchisi Azim Toshpo'latov hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Azim Toshpo'latovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


"Lokomotiv" – "Mashal" 

U-19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Mashal" uchrashuvida mezbonlar futbolchisi Mirjalol Norqobilov raqib futbolchisi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mirjalol Norqobilovga (“Lokomotiv”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


"Nasaf" – "SHo'rtan"

U-19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "SHo'rtan" bahsida mezbonlar futbolchisi Asilbek Qo'ziboev raqibi Bobur Hamroev bilan og'zaki janjalga kirishgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asilbek Qo'ziboev (“Nasaf”) va Bobur Hamroev (“SHo'rtan”)ga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


"Qizilqum-W" – "Navbahor lochinlar-W"

O'zbekiston ayollar Oliy ligasining 12-turidan o'rin olgan "Qizilqum-W" – "Navbahor lochinlar-W" uchrashuvida mehmonlar futbolchisi Fotima Uraimjonova raqib o'yinchisining oyoq qismiga qasddan zarba berdi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Fotima Uraimjonovaga (“Navbahor lochinlar-W”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика