Hamrobekov: "Murabbiy himoyada tartibli o'yin ko'rsatishimizni xohlayapti"
17 okt 2018 12:04
Yangiliklar
Hamrobekov: "Murabbiy himoyada tartibli o'yin ko'rsatishimizni xohlayapti"
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan (2:0) so'ng, bahs haqida fikr bildirdi.
- Qatarga qarshi bahs KXDR bilan bo'lgan o'yindan qiziqarliroq bo'ldi, muxlislar zerikib qolishmadi deb o'ylayman. Qatar Osiyoning kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. G'alaba ishqibozlarni xursand qilgan bo'lsa, bundan mamnunmiz.
- Bugungi bahsdan oldin murabbiy qanday ko'rsatma berdi?
- Murabbiy himoyada tartibli o'yin ko'rsatib, hujumga o'tishimizni istadi. Ektor Kuper raqib kim bo'lishidan qatiy nazar shu uslubda harakat qilishimizni xohlamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar