So’nggi yangiliklar

08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  0 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  1 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  3 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  1 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  5 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  6 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  7 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  10 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  14 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5

Hammasi terma jamoa uchunmi? Reglament nima deydi? (Og'abek Samisov blogi) Yangiliklar

Hammasi terma jamoa uchunmi? Reglament nima deydi? (Og'abek Samisov blogi)

Men futbol mutaxassisi emasman. Jurnalist bo'lib jurnalistika universitetiga kirganman.

Futbolga yoshligimdan qiziqib, uni sevganman. O'zbek futboli rivoji menga biror Evropa jamoasining kubok olganidan aziz (ko'pchilikka shunaqa bo'lsa kerak). Aqlim futbol rahbarlari, murabbiylari tushungan narsalarning ko'piga ham etavermaydi. O'zim esa etganicha fikr bildiraman. Futbolda meni ajablantirgan jihatlarda futbol qonuniyatiga qarab ish qilishni to'g'ri, deb bilaman.

17 mart kuni O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev o'z telegram-kanalida “Vadim aka 20 maydan chempionatni to'xtatar ekanlar. Biz 20 maydan keyin adashib 2 ta tur o'yinlarini rejalashtirganimiz uchun uzr so'raymiz”, degan mazmunda kinoyali post yozib, biroq uni o'chirib yuborgan edi.



Keyinroq esa O'FAdan 20 maydan 31 maygacha bo'lgan muddatda chempionat taqvimiga o'zgartirish bo'yicha murojaat bo'lmaganini takidladi. 18 mart kuni O'FAdan murojaat kelgan.

Aynan shu manoda Gana terma jamoasiga qarshi o'yindan avval o'tkazilgan matbuot anjumanida “Milliy terma jamoamiz yig'inlari FIFA kunlaridan tashqariga chiqib ketadi. Bu esa PFL taqvimiga tasir qiladi. Kuchli chempionat orqali kuchli terma jamoa degan fikrga qanday qaraysiz?”, - degan savol yangradi (Fahriddin Ro'ziev malades yigitda). Bu savolga esa Vadim Karlenovich yuzida tabassum bilan “reglamentda milliy chempionat milliy terma jamoa manfaati yo'lida tashkil etiladi deb yozilgan”, dedi. O'zbekiston Professional futbol ligasi “Musobaqalar o'tkazish reglamenti”ga ko'z yugurtirsam bunday jumla yozilmagan ekan (aynan shu tashkilot rahbari o'z chiqishlarida “kuchli chempionat orqali kuchli terma jamoaga erishiladi”, der edi).

Lekin reglamentning 2-bobida musobaqalarning maqsad va vazifalari yozib qo'yilgan. “O'zbekiston futbolini rivojlantirish yo'lida milliy chempionat o'yinlarini professional darajada tashkil etish”, deb yozilgan band bor. May oyining so'nggi 10 kunligida bo'ladigan chempionat o'yinlari taqvimini o'zgartirib yuborish chempionat o'yinlarini professional darajada tashkil etishga kirmaydi, menimcha. Vadim Abramovning rejasiga muvofiq esa bu o'z-o'zidan o'zgarib ketdi. Terma jamoa manfaati yo'lida milliy chempionat o'yinlarini o'zgartirish degan band reglamentda yo'q.

“Agar FIFA kunlaridan tashqari yig'inlar qilmasa PFL bundan kuchayib qoladimi?”, deb ritorik savol qo'ydi Abramov. PFLning kuchayishi agar terma yig'inlari qachon bo'lishiga bog'liq bo'lganida, bu yo'ldan 10-20 yilcha avval yurilib chempionatimizni kuchaytirib olardik. Abramovning qilmoqchi bo'llan yig'ini Superligadagi 14 jamoaning murabbiylari rejasiga tasir qilishi mumkin. (hayriyatki, ushbu qaror 20 mayga 2 oy qolganida, mart oyida chiqdi, 10 kun qolganida elon qilinmadi). Vadim Karlenovich ham o'z vaqtida klubda bosh murabbiy sifatida ishlagan. SHunday o'zgarishlar bo'lganida unga bu qanchalik maqul kelgani qiziq menga.

Vadim Abramov hamkasbimizga “Reglamentni ochib birinchi sahifani o'qib ko'ring”, dedi. Men ochib o'qidim, u aytgandek yozilmagan. Professional tarzda chempionatni o'tkazish asosiy vazifa, nima bo'lganda ham. Agar Karlenovich “O'zbekiston terma jamoalari va professional futbol klublarini xalqaro musobaqalar: jahon chempionatlari, Osiyo Kubogi, Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari, OFK CHempionlar ligasida ishtirok etishi uchun tayyorlash va muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ko'maklashish” bandini aytgan bo'lsa O'zPFL o'z taqvimini o'zgartirib (chempionat o'yinlarini to'xtatib!) ko'maklashyapti, deb tushunish mumkin buni.

“Barchasi terma jamoa muvaffaqiyatli to'p tepishi uchun qilinmoqda”, debdi O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi.
Terma jamoa shu darajada muvaffaqiyatli to'p tepsinki, asosiy o'yinimiz, deb baholayotganimiz, Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinni yutaylik. Jahon chempionatiga terma jamoani olib chiqib bizni uyaltiring (aslida, uyaladigan biror jihat ham yo'q. SHunchaki, reglamentni bir ko'rib chiqdik-da).

Og'abek Samisov

Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика