So’nggi yangiliklar

12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  0 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   6 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  4 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  1 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  35 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2

Hamidjon Aktamov: “Yoshlarimiz tajribali raqib oldida dovdirab qolishmadi” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Yoshlarimiz tajribali raqib oldida dovdirab qolishmadi”

Oliy liga yigirma sakkizinchi turidan joy olgan “Qizilqum” - “Lokomotiv” jamoalari (0:1) bahsidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.

-Bugun mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, yigitlarimiz maydonda yomon harakat qilishmadi, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Mavsum peshqadami bilan har jabhada tengma-teng bahs yuritgani uchun ularga rahmat aytaman. Agar yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanganimizda hech bo'lmasa, bir ochkoni qo'lga kiritishimiz ham mumkin edi.

Albatta, tajribali futbolchilari Akmal Rustamov, Vohid SHodievlarning yo'qligi bilindi. Bugun boshlang'ich tarkibdan o'yinga qo'shilgan yoshlarimiz Nodirxon Kamolov, Bekzod G'anijonovlarning tajribali raqibga qarshi munosib o'ynaganligi va maydonda “yo'qolib” qolmaganligi bizni quvontirdi. Ular “Lokomotiv”dek jamoa oldida dovdirab qolishmadi va raqibga etarlicha tashvish tug'dirishdi.

Jamoamiz azolariga qisqa tatil berildi. CHempionatda yuzaga kelgan kichik tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Navbatdagi turda Farg'onada “Neftchi” jamoasiga qarshi maydonga tushamiz. Ushbu uchrashuv oldidan jamoamiz Toshkentda yig'iladi va tayyorgarlikni poytaxtda davom ettirishni rejalashtirganmiz. Maqsadimiz esa mavsumni yuqori kayfiyatda yakunlashdan iborat.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика