So’nggi yangiliklar

22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  2 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  5 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  23 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  2 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  3 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  3 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  2 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Hamidjon Aktamov: “Ushbu hafta Farg'onaga boramiz” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “Ushbu hafta Farg'onaga boramiz”

Ayni damda Navoiyda yig'in o'tkazayotgan “Qizilqum” lagerida nima gap? Tarkibda qanday o'zgarishlar bor?

SHu va boshqa savollarga javob topish maqsadida jamoa menedjeri Hamidjon G'ulomovichga murojaat qildik.

- Hozircha Navoiydamiz. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib borilmoqda. Rejaga ko'ra ushbu hafta Farg'onaga yo'l olamiz. Sababi jamoamizni shaxsan Farg'ona futbol federaciyasi rahbariyati bo'lajak yani hokim kubogi turniriga taklif etgan. 24 yanvar kuni Farg'onaga jo'nab ketamiz va 29 kuni start oladigan turnirga o'sha erning o'zida tayyorgarlik ko'ramiz. So'ngra hokim kubogida ishtirok etamiz. O'ylaymanki bu musobaqa “Qizilqum” uchun ham foydali bo'ladi. 

- Tarkibdagi o'zgarishlar keladigan bo'lsak, Ilhom Yunusov, Alisher Yusupovdan so'ng Samandar SHodmonov ham yaqinda safimizga kelib qo'shildi. Bu futbolchilarning yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi. Bundan tashqari yana bir qator o'yinchilar bilan muzokara olib bormoqdamiz. Farg'ona viloyati hokim kubogi turnirida yangi o'yinchilarni ham sinovdan o'tkazamiz. 


- Yashirmayman Dilshod Rahmatullaevga taklif bilan chiqqandik. Ammo u bilan kelisha olmadik. Aniqrog'i futbolchining talablari bizga to'g'ri kelmadi.  

- Artyom Makosin hech qaerga ketmaydi. SHuningdek yana bir darvozabon Erkin Jabborovni ham biz bilan shartnomasi mavjud. Ular bizga ham kerak. 

- Farruh Haydarov bilan xayrlashishimiz mumkin. Umuman olganda Farg'onadagi turnirdan so'ng ayrim futbolchilarimiz bilan hamkorlikni to'xtatishimiz mumkin. Bu ko'proq o'yinchilarning o'ziga bog'liq. Agarda xarakat qilib, ijobiy jihatdan o'zini ko'rsata olsa qolib qolinadi - deydi Hamidjon Aktamov. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика