Hamidjon Aktamov: "Navoiyda g'alaba qozonmaganimizga ancha bo'lgandi"
22 sen 2020 22:19
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "Navoiyda g'alaba qozonmaganimizga ancha bo'lgandi"
Superliga 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" hamda "Mashal"(1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hamid Aktamov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Navoiyda g'alaba qozonmaganimizga ancha bo'lgandi. Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam qiziqarli o'tishi oldindan kutilgandi. Undan ham shiddatli o'yin bo'ldi. Ohirgi daqiqalarda gol urib g'alabaga erishdik. Bizga g'alaba kerak edi, yigitlar so'nggi daqiqagacha borlarini berib kurashishdi. Ularga rahmat aytib qolaman. Qimmatli bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. G'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman.
Debyutini o'tkazgan Ilhom Kenjaev haqida fikrim yomon emas. Kelajagi bor futbolchi. Sekin-asta asosiy tarkibga jalb qilib boramiz. Bugun u yaxshi o'ynadi", - deydi Hamidjon Aktamov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Fikrlar