Superliga. OKMK mehmonda "Qizilqum"ni mag'lub etib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi
18 mar 21:55
Yangiliklar
Superliga. OKMK mehmonda "Qizilqum"ni mag'lub etib, mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi
"Qizilqum" – OKMK 0:1
Gollar: 34 - Abror Karimov
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Elnur Doniyorov, Zufar Eliboev
Zaxira hakami: Alisher Raximkulov
VAR hakami: Ibrohim Ismoilov
AVAR hakami: Aleksandr Burov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
Komissar: Feruz G'aniev
"Qizilqum": 1.Farhod Rahmatov, 7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 8.Shahzod Rahmatullaev (17.Akmaljon Muzaffarov, 90'), 10.Islom Kenjaboev, 11.Oleksiy Shebetun (70.Shohruz Norxonov, 63'), 15.Nikola Kumburovich, 16.Asror G'ofurov (9.Shahzod Turopov, 9'), 20.Bobomurod Bozorov, 23.Samandar Shukurullaev, 31.Jambuli Jigauri (14.Alisher Shukurov, 63'), 79.Diyor Rahmatullaev.
Zaxira: 4.Ilhomjon Vahobov, 6.Murodali Usmonov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 44.G'iyosjon Rizaqulov, 99.Humoyunshoh Sayyotov.
OKMK: 23.Hamidullo Abdunabiev, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Aziz Xolmurodov (27.Urosh Koyich, 80'), 10.Asadbek Sobirjonov, 17.Nodirbek Abdurazzoqov (18.Rian Islomov, 80'), 19.Ahmadullo Muqumjonov, 28.Arihiro Sentoku (8.Abubakr Rizo Turdialiev, 90+6'), 44.Abror Karimov, 88.Siavash Haqnazariy (16.Naoaki Senaga, 59').
Zaxira: 11.Ali Abdurahmonov, 13.Eldorbek Begimov, 21.Hazratjon Tursunqulov, 22.Saidavzalxon Ahrorov, 35.Javohir Ilyosov.
Ogohlantirishlar: 49 - Oleksiy Shebetun, 55 - Shahzod Turopov, 76 - Fayzullobek Jumanqo'ziev, 77 - Islom Kenjaboev, 84 - Akmal Rustamov ("Qizilqum" bosh murabbiyi)
90+6. O'yin yakunlandi.
90+5. Kenjaboevning zarbasi rekoshetga uchrab, darvozaga aniq bormadi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
88. "Qizilqum" futbolchisining uzoqdan tepgan to'pini darvozabon qaytardi.
85. Holat VARda ko'rib chiqildi, baribir hisobga olinmadi.
84. Etirozlari uchun "Qizilqum" bosh murabbiyiga sariq kartochka ko'rsatildi.
82. "Qizilqum" futbolchisi Shohruz Norxonov gol urdi, biroq bu vaziyatda OKMK darvozaboniga nisbatan fol ishlatilgani malum bo'ldi. Gol hisobga olinmadi.
81. So'nggi 10 daqiqalik boshlandi. Navoiyliklar faol harakat qilmoqda.
79. Rahmatullaev to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, biroq bu kuchli bo'ldi, yakunda darvozabon to'pni ushlab oldi.
79. Yana bir jarima zarbasi qo'yildi "Qizilqum" foydasiga.
75. Jumanqo'ziev raqib futbolchisini yiqitdi. Ikki jamoa futbolchilari o'rtasida tortishuv boshlandi.

71. Dahshat vaziyat OKMKda! Muqimjonov boshlagan hujum chapga ko'chdi. Futbolchi to'pni markazga uzatdi, Sobirjonov bergan zarba qaytdi, yakuniy zarbani Aziz Xolmurodov berdi, ammo noaniq. 4-5 metrlardan berilgan zarba edi...
70. Yaxshi vaziyat bo'ldi "Qizilqum"da. O'ng qanotdan boshlangan hujum markazga ko'chdi, yakuniy zarbani Kenjaboev berdi, biroq aniq bo'lmadi.
67. Islomning tepgan to'pi "jonli devor"dan o'tdiyu, biroq uyog'ishash to'xtab qoldi. Ikkinchi tempda davom etgan hujumda yakunlovchi zarbani Shukurov berdi, biroq noaniq.
67. "Qizilqum" jarima zarbasiga ega, to'p oldida Kenjaboev.
63. Har ikki jamoa ham zaxiradan yangi kuchlarni o'yinga "tashlamoqda".
55. Navoiyliklar oldinga o'tmoqda.
51. Ushbu bo'lim ham birinchisidek sokinlikda boshlandi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+1. "Qizilqum" bo'lim so'nggida to'p nazorati bo'yicha ustunlikni olmoqda.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
39. Yaxshi hujum bo'ldi. OKMKdan! Xolmurodov to'pni markazroqqa uzatdi, to'p Abdurazzoqovga kelib tushdi, uning tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
36. Buyog'iga maydon egalari qanday munosabat qila oladi, qiziq.
Burchakdan uzatilgan to'pni Karimov darvozaga yo'lladi va gol urdi!
34. GOL! Abror Karimov hisobni ochdi!

26. Nodirbek Abdurazzoqov jarima zarbasidan darvoza tomon tepdi, biroq to'p darvozaga etib bormadi.
24. "Qizilqum" o'tgan vaqt mobaynida nisbatan faolroqdek ko'rinmoqda. Biroq OKMK qarshi hujumda raqibini "ushlash"ga harakat qilyapti.
17. Yana mezbonlar oldinga o'tdi. Havolatib to'p OKMK jarima maydonchasiga uzatildi, biroq olmaliqliklar posboni to'pni ushlab oldi.

16. Samandar Shukurullaevning boshi bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
12. OKMK to'p nazoratini "qo'liga olmoqda".
9. Asror G'ofurov jarohat sabab o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi. U almashtirildi.
6. O'yin boshi ancha sokinlik bilan o'tmoqda. Hozir aytarli vaziyat ko'rmadik.
1. O'yin boshlandi.



- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni O'zbekiston Superligasining 4-turidan o'rin olgan bahs – "Qizilqum" – OKMK uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar
Кизилкум ни тренери хакикий довдир экан 0-1 ютказяпти 90 минутда 2 та уйинчини алмаштиряпти ха шуни 75 минутда килса булмайдими