So’nggi yangiliklar

21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  2 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  1 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2

Hamidjon Aktamov: "G'oliblar muhokama qilinmaydi" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "G'oliblar muhokama qilinmaydi"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan qoldirilgan AGMK - "Qizilqum" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.



"Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham so'nggi daqiqaga qadar hujumkor futbol ko'rsatdi. Yaxshi vaziyatlar yaratdik va g'alaba qozondik. G'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bugun g'alaba qozonmasak bo'lmasdi, ketma-ket duranglar qayd etdik. O'tgan turda ham o'z maydonimizda durang o'ynagandik. "CHuqur"dan chiqib ketishimiz kerak edi. Futbolchilar o'zlarini qo'lga olishdi va ruhan tayyor edilar", - deydi Aktamov. 

- O'tgan mavsumdagi jamoa bilan bu yilgisining farqi katta. "Qizilqum"da aynan nimani o'zgartirdingiz?
- Himoyada ozgina o'zgarish bo'ldi, hujumda ham ozgina o'zgarish bo'ldi. Hujum o'zini u qadar oqlamayapti. "G'oliblar muhokama qilinmaydi" deyishadiku.

- Behruz Sadilloev zaxiradan tushib yana zaxiraga olindi. Bunga sabab nima?
- Bu taktik o'zgarish edi.

- O'tgan turda ham "Qizilqum" hujumkor o'yin ko'rsatgandi, bugun ham shunday bo'ldi. Tanaffusdan keyin jamoa juda shiddatli futbol ko'rsatmoqda, mavsum oxirigacha mana shu tempni ushlab qola oladimi?
- SHunga harakat qilamiz. Hozir bir gap aytsam bahonaga o'xshab qoladi. Bir oy tanaffus bo'ldi va faqat mashg'ulot o'tkazdik.

- Oybek Qilichev jamoani tark etdi. Yozgi tanaffusda qanday o'zgarishlar bo'ladi?
- Qilichev jamoa bilan birga. U biroz shamollagani uchun qaydnomaga kiritilmadi. Oldinda yana ikkita o'yin bor shundan keyin transfer oynasi ochiladi.

- Uzunquloq gaplarga qaraganda Vatsadze, Kuxianidze va Qilichev yozda ketar ekan...
- Futbolda hozir gapxona bo'lib qolgan. Hamma gapiraveradi. Hozircha bu futbolchilar biz bilan birga. Birinchi davradan keyin futbolchi qoladimi yoki murabbiy qoladimi, hali hech narsa aniq emas. Agar vazifani bajarsak barchasi yaxshi bo'ladi.

- Oxirgi o'yinlarda 3-4-3 taktik sxemasini qo'lladingiz va bugun bu o'z samarasini berdi. Keyingi turda ham shunday o'ynasizlarmi?
- (kuladi) bu jamoa ichki siri. Hozir men sizga hammasini ayta olmayman, oldinda yana o'yinlar bor.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика