Hamidjon Aktamov: "Dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi ham g'alaba uchun tushamiz"
29 okt 2016 19:38
Yangiliklar
Hamidjon Aktamov: "Dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi ham g'alaba uchun tushamiz"
"Navbahor" - "Qizilqum" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.
"8 yildan buyon "Qizilqum" Namanganda yutmagan ekan. Bugun ushbu noxush ananaga chek qo'ydik. Birinchi va ikkinchi taym o'rtasida er bilan osmoncha farq bo'ldi.
"Navbahor"ga keyingi 3ta turda ochko olib oliy ligada qolishini tilayman.
"Lochinlar"ning kuchsiz tomoni? To'g'risi raqib jamoa haqida fikr bildira olmayman. Boshqa jamoani kamsitish yoki ularning kamchiliklarini aytmoqchi emasman.
Alisher Yusupov jarohat olgani uchun almashtirishga majbur bo'ldim. Bu yilgi chempionat qiziqarli kechgani rost. Sababi oxirgi turga qadar chempion nomi malum bo'lmaydi. Keyingi o'rinlar egalari ham malum emas.
Meni jamoam har doim g'alaba uchun maydonga tushadi. Dunyodagi eng kuchli jamoa kelsa ham ulardan qo'rqmayman, omadimiz kelsa yutamiz, bo'lmasa peshonadan", - deydi Aktamov.

Fikrlar