So’nggi yangiliklar

23:55Шерзод Жўраев: "Насаф"дек жамоага қарши футболчиларни алоҳида руҳлантириш шарт эмас"  0 23:30Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган  6 23:11Расман: Лучано Спалетти "Ювентус" бош мураббийи этиб тайинланди  1 23:05Суперлига. "Навбаҳор" – "Насаф" 0:0  2 22:59Рўзиқул Бердиев ОКМК билан ўйиндан кейинги матбуот анжуманида айтган гаплари бўйича изоҳ берди (тўлиқ матбуот анжумани)  15 22:31Пирс Морган Криштиану Роналдунинг ҳаётидаги "энг очиқ" интервьюни эълон қилди. Суҳбат кейинги ҳафта премьера қилинади  2 22:02Ҳаким Фузайлов: "Жамоам 70 дақиқа футбол ўйнаяпти. Балки ўрнимга бошқа мураббий мавсумни тугатиб қўйгани маъқулдир"  4 21:39Лисандро оғир жароҳатидан сўнг МЮ машғулотларига қайтди  0 20:50Ибрагимович: "Интер"да бир қоида бор эди: агар кетма-кет икки ўйинда ютқазсак, маошлар кечиктириларди"  2 20:35Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди  198 20:27Суперлига. "Динамо" "Хоразм"ни ишончли тарзда мағлуб этди  11 19:42"Арсенал" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:19АПЛда октябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлишга даъвогарлар маълум  6 19:01Ҳоланд, Мбеумо, Тимбер ва бошқалар: АПЛда ой футболчиси аниқланмоқда  2 18:41FIFA U-17 Жаҳон чемпионати расмий тимсоли эълон қилинди  2

Lazarevich: "Ayrim vaziyatlarda futbolchilar bir-birini tushunishmadi" Yangiliklar

Lazarevich: "Ayrim vaziyatlarda futbolchilar bir-birini tushunishmadi"

Teglar :  QizilqumXorazm
“Qizilqum”- “Xorazm” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Nikola Lazarevich o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda bugungi Qurbon hayit bayrami va O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatining final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgani bilan barcha o'zbekistonliklarni chin qalbimdan tabriklayman.

O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, biz mavsum boshida “Xorazm” bilan nazorat uchrashuvida ham kuch sinashgandik va o'shandayoq bu jiddiy jamoa ekanligini bilgandik. Ortda qolgan 10 ta turda ham jamoa o'z dadil odimlayotganiga guvoh bo'ldik. Bizga qiyin bo'lishini bilardik va raqibdan bugungidek o'yin kutgandik. 

Birinchi bo'limda raqibga markazda erkin harakat qilishiga imkon bermaslikka intildik. Biroq bu vazifani bajarishda katta qiyinchilikka duch keldik. Ayrim vaziyatlarda futbolchilar bir-birini tushunishmadi. Birinchi gol o'tkazilgan hududda raqib futbolchisini “yopish”ga tayanch yarim himoyachilarimiz ulgurishmadi. Afsuski aynan shu hududdan bu mavsumda o'z darvozamizdan ko'plab gollar o'tkazayapmiz. O'yindan keyin shu kabi vaziyatlarni futbolchilar bilan tahlil qilayapmiz. Ammo negadir yana va yana shu “zona”dan gollar o'tkazayapmiz. 11 turga kelib 22 ta to'p o'tkazishimiz uyatli holat, albatta. 

Ikkinchi bo'limda tashabbusni o'z qo'limizga olishga harakat qildik va rejamizni biroz o'zgartirdik.  Natijada ikkinchi bo'limda gol urish uchun ko'proq imkoniyatlar yarata oldik. Raqib jarima maydonchasi oldida xavfli vaziyatlar tashkil etdik. Ammo yakuniy nuqtani qo'yishga raqib futbolchilari imkon berishmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика