Hamid Aktamov: “Muxlislarimizni xursand qilish haqida o'ylayapmiz”
18 may 2014 20:29
Yangiliklar
Hamid Aktamov: “Muxlislarimizni xursand qilish haqida o'ylayapmiz”
Ayrim manbalarda “Qizilqum” (Navoiy) futbol klubi ijrochi direktori ishdan bo'shashi haqida ariza yozganligi xususida xabarlar tarqalgandi.
Mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida klub ijrochi direktori Hamid Aktamov fikri bilan qiziqdik.
-Hamid G'ulomovich, Sizning ishdan bo'shash haqingizdagi xabarlar nechog'li haqiqat? Bu navoiylik ko'psonli muxlislar uchun juda ham muhim.
-Oxirgi turda Toshkentda kutilmaganda “Lokomotiv” jamoasiga 1:4 hisobida yutqazdik. Muxlislar agar oynai jahon orqali ko'rgan bo'lsalar, birinchi bo'limda jamoamiz 1:0 hisobidagi g'alaba bilan tanaffusga chiqdi. Qolgan daqiqalarda ham futbolchilarimiz raqibga etarlicha munosib qarshilik ko'rsatdi. Garchi, hakamlar xatti-harakatiga baho berish bizning vazifamizga kirmasa-da, uchrashuv bosh hakami B.Namozovning ayrim qarorlari shu kuni o'yin natijasiga salbiy tasir qildi. Kutilmaganda, hisobda oldinda bora turib, raqibga yirik hisobda imkoniyatni boy berish kishi ruhiyatiga salbiy tasir qilishi tabiiy. O'yindan so'ng, ishdan ketaman, deganim rost. Balki buni eshitganlar meni ishdan bo'shadi, deb o'ylashgan bo'lishlari mumkin. Ammo hozircha rasman ariza yozganim yo'q.
- Demak, “Qizilqum” jamoasi Siz rahbarligingizda navbatdagi uchrashuvga hozirlik ko'rmoqda...
-Ha, shunday. Futbolda kutilmagan natijalar, voqealar istagancha topiladi. “Qizilqum”ning Toshkentdagi mag'lubiyatidan fojea yasash shart emas. Hayot davom etadi. Mavsum boshida Navoiyda ahil va inoq jamoa shakllantirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga soldik. Viloyat hokimligi va futbol klubimiz bosh homiysi - Navoiy kon metallurgiya kombinati jamoamiz uchun barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilib berishyapti, qo'llab-quvvatlashmoqda. May oyidan boshlab, uy uchrashuvlarimizni yangi - “Yoshlar” sport majmuasida o'tkaza boshladik. Minglab muxlislar “Qizilqum”ning kelajagiga umid bilan qarashmoqda. Buni jamoamiz murabbiylar shtabi va barcha o'yinchilari chin yurakdan his qilib turishibdi. SHu bois, ertangi kunga ishonch bilan oldindagi o'yinlarga jiddiy hozirlik ko'ryapmiz. Mavsumning endigina sakkizinchi tur o'yinlari nihoyasiga etdi. Demak, asosiy kurash hali oldinda... 21 may kuni Navoiyda “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushsak, oradan to'rt kun o'tib O'zbekiston kubogi 1/8 final javob uchrashuvida safarda “Olmaliq” bilan o'ynaymiz. Muxlislarimzni ishontirib aytamanki, keyingi uchrashuvlarda futbolchilarimiz faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga chiqishadi.
Yuqoridagi malumotlardan ko'rinib turibdiki, “Qizilqum” jamoasi navbatdagi uchrashuvlarga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda. Klubdagi o'zgarishlar haqidagi gap-so'zlar esa hozircha faqat mish-mishdan iborat. O'z navbatida biz fursatdan foydalanib, navoiylik futbolchilarga faqat omadlar tilaymiz. Muxlislarni esa o'z jamoalarini ishonch bilan munosib qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz. OLG'A, “QIZILQUM”!

Fikrlar