So’nggi yangiliklar

16:55Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  1 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  0 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  3 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0 15:24БУМ! Кейинги мавсум Лео Месси "Барселона"га қайтади  24 14:55Расман: "Динамо" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади!  3 14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  16 14:10Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  2 13:39Бобур Абдураҳмонов: "Болалар мураббийларини энг кўп қийнаётган муаммо - майдонлар камлиги"  1 13:35ФИФА 2025 йил учун футзал, соҳил футболи, фитнесс ҳамда футбол ҳакамлари техник инструкторлари рўйхатини эълон қилди  0 12:59"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 12:402031 йилги Осиё кубоги мезбонлигига яна қайси мамлакатлар даъвогар?  12 12:15Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Тошкентда йиғин бошлайди  1 11:54МЮ раҳбарияти пул тежашнинг янги усулини топди  8 11:29Флик Ла Лиганинг февраль ойидаги "Энг яхши мураббийи" деб тан олинди  12

Hakim Fuzaylov: "Himoyamizdagi qo'pol xatolarimiz qimmatga tushdi" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Himoyamizdagi qo'pol xatolarimiz qimmatga tushdi"

“Andijon” hamda “Buxoro” (2:1) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi tashkil qilingan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov qatnashdi.

O'yin haqida

-  Biz “Andijon”dan shunday o'yinni, asosan standartlarga moslashgan o'yinni kutgandik. Afsuski, himoyamizdagi qo'pol xatolarimiz bizga qimmatga tushdi. Bundan hech qanaqa fojea yasash shart emas. Faqatgina himoyadagi xatolarimiz hisobiga mag'lubiyatga uchradik. Biz Superligaga chiqish yo'lida 2-o'rin uchun kurashamiz. 

-  Muxlislarsiz o'yin sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Albatta, muxlislarsiz stadionda o'ynash yaxshi emas. Futbolchilar muxlislar uchun o'ynashadi va ular bilan to'la stadionda yanada yaxshiroq harakat qilishadi. Lekin ishqibozlarning yo'qligi futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlamaydi, deb o'ylayman. 

-  “Turon” ochko yo'qotyapti. “Buxoro” esa ochko to'plab yaqinlashib qoldi. “Turon”ning ochko yo'qotishi jamoangizga motivaciya beryaptimi?

-  Faqat motivaciya beryapti, deb o'ylamayman. O'yinchilarimiz uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rishyapti. To'g'ri, bugungidek o'yin bilan ochko yo'qotyapmiz. Lekin o'ylaymanki, hali hech nimani boy bermadik va 2-o'rin uchun kurash davom etadi. Oldindagi 5 ta turda biz oxirigacha kurashamiz. Xatolarimizni to'g'rilab vazifamizni bajarishga harakat qilamiz.

-  “Buxoro” “Andijon” bilan o'zaro uchta o'yinda faqat 1 ochko oldi. Bunga nima sabab?

-  O'ylaymanki, biz bugun “Andijon”ga o'yin bo'yicha yutqazmadik. Qaysidir manoda bazi jabhalarda kuchli ham o'ynadik. Xuddi shunday o'yin Buxoroda ham bo'lgandi. O'shanda ham yaxshi o'ynab turib mag'lubiyatga uchragandik. 

-  Jasur Hasanov nega maydonga tushirilmadi?

-  “Turon” bilan o'yinda qo'pol xatoga yo'l qo'ygandi. SHundan so'ng “Mashal” bilan uchrashuvdan biz yoshlarga imkoniyat berishga qaror qildik. Mirjalol Jumaev ishonchimizni oqlay boshladi. U “Mashal”ga qarshi chiroyli o'ynadi va hattoki gol ham urdi. SHu bois bugungi bahsda ham unga imkoniyat berdik. 

-  “Buxoro” bilan “Andijon” o'rtasidagi ochkolar farqi endi 10 tani tashkil qilmoqda. Jamoangizni Superligaga chiqishiga ishonasizmi?

-  Siz 1-o'rinni nazarda tutyapsiz, to'g'rimi? Biroq dastlabki ikkita o'rinni egallagan jamoalar Superligaga chiqadi. SHunday ekan, yana 5 ta tur bor va ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin. O'ylaymanki, barchasi oldinda. Biz keyingi turda dam olamiz va keyin “Xorazm”ni qabul qilamiz. So'ngra, “Turon” bilan o'ynaymiz. Juda ham muhim o'yinlar va biz albatta ochkolarni jamg'arishimiz kerak. Yana qaytaraman: hali kurash tugamadi. 

-  “Buxoro” 3-o'rinni qo'lga kiritadigan bo'lsa, Superliga jamoasi bilan pley-offda o'ynaydi. Bunga “Buxoro”ni kuchi etadimi?

-  Hali hech nima demayman. CHunki kurash o'z yakuniga etmadi. Hozircha 3-o'rinda ketyapmiz va hali imkoniyatimiz bor. Oldindagi 5 ta turdan keyin barchasi oydinlashadi. 2-o'rin yoki 3-o'rin haqida gapirishga erta. Faqatgina tayyorgarlik ko'rish va yutish lozim. Balki 1-o'rin masalasi 90 foizga aniq bo'lgandir, ammo 2-o'rin masalasi hali hal bo'lmadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика