Hakamlarni moddiy manfaatdor qilish evaziga og'dirishga uringani uchun "Nasaf" jarimaga tortildi
06 may 2021 22:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635528_original.jpg)
![](/upload/storage/635528_220.jpg)
Hakamlarni moddiy manfaatdor qilish evaziga og'dirishga uringani uchun "Nasaf" jarimaga tortildi
O'zbekiston futbol associaciyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra, “Nasaf” professional futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar qo'llanildi.
“Nasaf” PFK vakili tomonidan klub manfaatini ko'zlab, 2020 yil futbol mavsumida hakamlarni o'z tomoniga moddiy manfaatdor qilish evaziga og'dirishga uringani uchun O'FA intizom kodeksining 5.26. bandiga muvofiq futbol klubi 50 000 000 so'm jarimaga tortildi.
Mazkur qaror O'FA tomonidan rasmiy tarzda elon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar