So’nggi yangiliklar

20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  11 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  6 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2

Haime Yarza Gonsales: "O'zbekistonda futzalga bo'lgan qiziqishdan mamnun bo'ldik" Yangiliklar

Haime Yarza Gonsales: "O'zbekistonda futzalga bo'lgan qiziqishdan mamnun bo'ldik"

Bugun Futzal bo'yicha JCH oldidan FIFA va O'FA vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

FIFA musobaqalar o'tkazish bo'limi boshlig'i Haime Yarza Gonsales anjumanda quyidagi fikrlarni bildirdi.


"2024-yilgi Jahon chempionati mezboni etib O'zbekiston variantida to'xtadik. CHunki yurtingiz ko'plab musobaqalarni ajoyib ravishda o'tkaza oldi. Barchamiz buni guvohi bo'ldik. O'zbekistonning xalqaro turnirlarni o'tkazish tajribasiga tayanib, ushbu sport turini yurtingizda yanada ommalashtirish yuzasidan bu qarorga keldik.

O'zbekistonga kelishdan oldin ko'p narsa kutgandik. Har bir shaharda futzalga bo'lgan qiziqishdan mamnun bo'ldik. Fursatdan foydalanib, bugungi anjumanda ishtirok etayotgan O'zbekiston futzal MTJga Jahon chempionatida omad tilayman.

Ushbu tashrif davomida janob Ravshan Irmatov va Jahongir Usmonov bilan birgalikda beshta shaharda — Toshkent, Farg'ona, Andijon, Samarqand va Buxoroda bo'ldik. U erdagi maydonlar, mashg'ulot zallari va mehmonxonalarni o'rganib chiqdik. Endilikda O'FA vakillari bilan ushbu inspekciya natijalarini tahlil qilamiz hamda yakuniy qarorimizni elon qilamiz.

Bu O'zbekiston uchun nafaqat o'zining futzal imkoniyatlarini namoyish etish, balki Yangi O'zbekistonni ham dunyoga yana bir bor ko'rsatish imkoniyati, desa ham bo'ladi. CHunki ushbu mundial butun dunyo bo'ylab namoyish etiladi, uni millionlab odamlar tomosha qiladilar, bundan tashqari yurtingizga ko'plab mamlakatlardan ishqibozlar tashrif buyuradi.

O'zbekistondagi Jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazish uchun oldimizda vaqt bor va albatta qiladigan ishlarimiz ham ko'p. O'ylaymanki, mahalliy tashkiliy qo'mita bilan birgalikda FIFA Jahon chempionatini ham yuqori saviyada o'tkazamiz".




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика