Gyotce kelajagi haqida o'zi bir qarorga kelishi kerak

9 avg 2015, 22:30
"Bavariya" jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Mario Gyotcening myunxenliklar safidagi faoliyati so'roq ostida turibdi.

"Mario Gyotceni "Bavariya" bilan yana ikki yillik shartnomasi mavjud. "Bavariya" unga imkoniyat berishga tayyor. Biroq jamoada qolish-qolmaslikni futbolchining o'zi hal qiladi. Mario Gyotce kelajagi borasida o'zi bir qarorga kelishi kerak", - deydi "Bavariya" klubi kengash raisi Karl-Xaync Rummenigge.


Eslatib o'tamiz, Mario Gyotce "Bavariya" asosiy tarkibdan muqim joy ololmayotgani bois jamoasini almashtirishi mumkin. Germaniya terma jamoasi futbolchisi uchun Turinning "Yuventus" klubi jiddiy qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport1.de