Gvardiola: "Termalar tanaffusidan keyin nima bo'lishini oldindan bilib bo'lmaydi"
03 apr 2022 11:33
Yangiliklar
Gvardiola: "Termalar tanaffusidan keyin nima bo'lishini oldindan bilib bo'lmaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 31-turi doirasida "Bernli"ga qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.
"Manchester Siti" g'alaba uchun kelgandi va buni uddaladi. Termalar tanaffusidan keyin nimalar bo'lishini oldindan bilib bo'lmaydi. Maydon o'rilmagani uchun chimga moslashish qiyin bo'ldi. Ha, 5-daqiqada tezkor gol urish muhim, ammo oldinda yana 85 daqiqa bor. Ikkinchi bo'limda raqib 4-4-2 sxemasiga o'tib, ko'proq bosim qila boshladi. Biz esa uchinchi hududda to'pni olib qo'ya olmaganimizdan keyin muammolar boshlandi.
Sovringa davogarlik qilish ajoyib, ammo barchasi aprel-may oyidagi holatga bog'liq. Biz so'nggi 10-11 oy davomida yuqori darajada kurashdik", - dedi Gvardiola.
Fikrlar