Gvardiola: "Saloh zo'r futbolchi, biroq Aguerodan ortda qolmoqda"
07 okt 2018 13:47
Yangiliklar
Gvardiola: "Saloh zo'r futbolchi, biroq Aguerodan ortda qolmoqda"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchilar Muhammad Saloh va Serxio Agueroni solishtirdi.
"Saloh Agueroga qaraganda yoshroq, biroq u "Liverpul"ga o'tgan mavsumda bordi. Endi nimalar bo'lishini ko'ramiz.
Muhammad - ajoyib futbolchi, u bir mavsumda 50 gol urdi. Biroq futbolda bunday bo'lishini ko'p ko'rdik. Serxio ham ko'plab gollar kiritdi. Biroq ayrim pallalarda uning omadi kelmadi. 8-9 yildan keyin ham Saloh shu tempni ushlab qoladigan bo'lsa, unga yanada yuqori baho beraman. Ammo u hozirda Aguerodan ortda qolmoqda", - dedi Pep.
Fikrlar