Gvardiola: “MYU Sulsher talab qilayotgan futbolni namoyish etmoqda”

7 yanv 2020, 00:48
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola manikunianliklar ustozi Ule Gunnar Sulsher haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, 7 yanvar kuni Manchesterning ikki klubi Angliya Liga kubogi doirasida o'zaro kuch sinashishadi.

“Yunayted”ga qarshi bahs – derbi. Angliyada top klublar ko'pchilikni tashkil etadi. Bu yerda boshqa yerdagi kabi bir yoki ikkita emas, ko'plab top jamoalar mavjud. Derbi muxlislar uchun judayam muhim match. Albatta qolgan o'yinlar ham shunday muhim.

Menimcha, “Manchester Yunayted” Sulsher istagan futbolni namoyish eta boshladi. To'g'ri, ular “Arsenal”ga mag'lub bo'lishdi, ammo Sulsher jamoasidan nima istayotganini barcha tushunib turibdi. Barcha turnirlarda g'olib chiqishni maqsad qilgan jamoani boshqarish oson emas. Har bir murabbiyga vaqt kerak bo'ladi”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports