Gvardiola: “Manchester Yunayted” ham chempion bo'lishi mumkin”
09 mar 2021 20:25
Yangiliklar


Gvardiola: “Manchester Yunayted” ham chempion bo'lishi mumkin”
“Manchester Yunayted”ga qarshi o'yindan keyingi holat ko'ngildagidek emasdi. Ikkinchi kuni esa ancha ijobiy tomonga o'zgardi va bugun futbolchilar mashg'ulotlarda yonib harakat qilishdi. Biroq, yutgan taqdirimizda ham buni unutamiz. Yutqazganimizda ham xuddi shunday. Tushkunlikka tushmoqchi emasmiz. G'alabali seriyani ko'rsatganimiz normal emas. Ammo bu ajoyib lahza bo'lgandi. Yomon davr – bu yomon o'yin va ko'plab uchrashuvlarda natijaning ijobiy emasligidir.
Vaqti kelsa futbolda hamma narsa yuz berishi mumkin. “Yunayted” chempion bo'lishi mumkin. Hisobimizda 10 ta o'yin qoldi va matematik jihatdan chempionlikni rasmiylashtirish uchun ularning 6 yoki 7 tasida zafar quchishimiz lozim. Premer-liga g'olibligi uchun kurashda hal qiluvchi o'yinlarga qadar etib borishimizga esa hali ko'p mehnat qilishimiz kerak bo'ladi. Barcha musobaqalarda kurashni davom ettirmoqdamiz”, deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar