Gvardiola "Man Siti"ning Angliya Kubogi yarim finalidagi mag'lubiyatiga izoh berdi
18 apr 2021 02:13
Yangiliklar
Gvardiola "Man Siti"ning Angliya Kubogi yarim finalidagi mag'lubiyatiga izoh berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Kubogi yarim finalida "CHelsi"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
"Biz so'nggi 15 daqiqada yaxshi o'ynadik. "CHelsi"ni tabriklaymiz. Bugun teng o'yin bo'ldi. Bo'sh zonalardan foydalana olmadik, xavfli vaziyatlar yaratmadik. "CHelsi"ning goliga yaxshi javob qaytardik, ammo 8 ta o'yinchi bilan himoyalanadigan jamoa bilan o'yinda g'alaba qozonish qiyin. Umuman olganda, bizda raqibga qaraganda ko'proq imkoniyat yuzaga kelgan edi", – deydi Gvardiola.
SHunday qilib, "Manchester Siti" bir mavsumda to'rtta sovrinni qo'lga kirita olmaydi. "SHaharliklar" ayni paytda Angliya chempionatida etakchilik qilayotgan bo'lishsa, Angliya Liga Kubogi finaliga chiqishgan va CHempionlar Ligasining yarim finaliga qadar etib kelishgan.
O’xshash yangiliklar
00:14
Afrika Millatlar Kubogi. Saloh gol urdi, Misr esa qo'shimcha taymlarda Benin to'sig'idan o'tdi 0
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar