Gvardiola: "Man Siti"da Ederson penaltini eng yaxshi ijro etadi, ishonavering"
22 jan 2020 13:16
Yangiliklar


Gvardiola: "Man Siti"da Ederson penaltini eng yaxshi ijro etadi, ishonavering"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola buyog'iga penaltilarni Edersonga ishonmoqchi.
So'nggi paytlarda Serxio Aguero, Rahim Sterling va Gabriel Jezus kabi "Siti"ning hujumkor o'yinchilari 11 metrlik nuqtadan gol ura olishmadi.
"Men futbolchilar bilan birgalikda penaltini kim ijro etishini kelishib olishim kerak.
Ederson bu borada eng zo'ri, ishonavering. U eng zo'r penalti tepadigan futbolchi. U hech qanday his-tuyg'ularini namoyon qilmaydi va juda hotirjamlik bilan buni amalga oshiradi", - deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti"ning APL doirasidagi "SHeffild" (1:0)ga qarshi o'yinida Gabriel Jezus penaltidan gol ura olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar