So’nggi yangiliklar

15:41"Сурхон" легионер хавбеки билан хайрлашди, яна бир футболчисини "Андижон"га ижарага берди  0 15:39Август ойидан Ўзбекистонда ҳам футболнинг янги қоидалари кучга киради   0 15:20"Натижа учун баъзида мазмунли ўйиндан воз кечдик. Етакчиларимизни йўқотишни истамаймиз, Хебайдан эса кўп нарса кутгандик" — Рўзиқул Бердиев билан интервью  1 15:05Расман: "Милан"га клуб тарихидаги биринчи эквадорлик ўтди   0 14:48Халқаро тақвим: Август ойида нималар кутмоқда?  1 14:36Хато "Челси" билан шахсий шартларни келишиб олди  1 14:09Шерзод Эсанов "Акрон"ни тарк этди  8 13:48"Барселона" ёш футболчиси билан хайрлашадими?  1 13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  2 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  2 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  11 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  15 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1

Gvardiola: "Kristal Pelas" chuqur himoyalandi" Yangiliklar

Gvardiola: "Kristal Pelas" chuqur himoyalandi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Tajribamga ko'ra, bu erga kelsak, doimo qiynalamiz. Ushbu stadiondagi o'yinlardan keyin miyamdan doim bir gap o'tadi, ular qanchalar yaxshi o'ynagan bo'lishsa, biz ham shunday zo'r o'ynadik. Ushbu stadionda doimo ko'proq gol urishni istaymiz.

Ularda yaxshi qurollar bor: Uilfrid Zaa, Mishel Olise, Eberechi Eze - ajoyib hujumchilar va doimo raqib darvozasi oldida katta xavf bo'lib turishadi. Sovuqqon futbolchilar bo'lgani uchun ularni to'xtatish uchun bazida sabr ham qilish kerak bo'ladi.

Barchadan mamnunman, biroq bizga qarshi hujumlar etishmadi. Qachonki raqiblar 6 futbolchi bilan chuqur himoyalansa, Xoland uchun alohida futbolchi ajratilsa, doimo qiyin bo'ladi. Undan tashqari, Gyundogan ham doimiy taqib ostida bo'ldi.

Xolandga qarshi raqiblar chuqur himoyalanadi. Xulian Alvares ham bizga kerak. U markazda bugun asqotdi va imkoniyat bo'ldi. Gyundogan ham tarkibdagi muhim futbolchilardan biri, u penalti ishladi, Xoland esa ishni yakunlab qo'ydi.

Kanselu ketganidan keyin bizda qanot himoyachilari etishmayapti. Tarkibda Kayl Uoker hamda Serxio Gomes qolgan holos. To'rt markaziy himoyachi bilan o'ynayapmiz va shunda ham raqibdan kuchli bo'lib turibmiz. Barcha to'rt markaziy himoyachilar ajoyib futbolchilar, shu sababli ular yaxshi himoyalanishdi", - dedi Gvardiola.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика