Gvardiola kimlarni "Manchester Siti" afsonasi deb hisoblashini aytdi
23 iyu 2020 10:47
Yangiliklar
Gvardiola kimlarni "Manchester Siti" afsonasi deb hisoblashini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola David Silvaning mavsum so'nggida jamoadan ketishiga izoh berdi.
Ispaniyalik futbolchi "shaharliklar" tarkibida 2010 yildan beri o'ynab keladi.
"Qachonki muxlislarni stadionimizga qaytarish mumkin bo'lsa, o'shanda u bilan xayrlashamiz.
O'ylaymanki, bitta ham joy qolmaydi. Silva Jo Xart, Vinsent Kompani, Yaya Ture va Pablo Sabaletalar kabi "Siti" afsonasidir. Ushbu o'yinchilar klubni boshqa darajaga olib chiqishdi va ular haqiqiy bayramga munosibdirlar", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar