Gvardiola: "Hali peshqadamlikni o'ylashga erta"
27 dek 2020 17:45
Yangiliklar
Gvardiola: "Hali peshqadamlikni o'ylashga erta"
"Ob-havoning injiqliklari sababli o'yin ikki tomon uchun ham og'ir o'tdi. Biz esa mo'ljallangan tezligimizni ko'rsata oldik. Bugun futbolchilar pozicion jihatdan ideal o'ynashdi. Biroq ko'proq gol urishni istagandik. Natija yaxshi, uch ochko bizniki.
Hozir ko'p o'ylashga vaqt yo'q, har 2-3 kunda o'yinlar bo'lyapti. Bunday paytda futbolchilar bor kuchini sarflamasligi kerak, deb hisoblayman.
Peshqadamlikni o'ylashga erta, bundan juda uzoqdamiz. O'tgan haftada 10-o'rinda edik. Natijalar barchamiz uchun g'alati tuyulmoqda. Ushbu mavsumda doimo ijobiy kayfiyatni saqlab qolmasangiz, mag'lubiyatlar ko'payaveradi.
Yaxshi o'yin ko'rsatdik, bugungi o'yinni mavsumdagi eng yaxshisi deb ayta olaman. Futbolchilar qanday ko'rsatilgan bo'lsa, shunday o'yin namoyish qilib bera olishdi", - dedi Gvardiola.
Fikrlar