Gvardiola faoliyatida to'rtinchi bor bu nomga loyiq ko'rildi

Omonjon To`xtamirzayev
31 may 2023, 11:22
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLda 2022/23-yilgi mavsumning "eng yaxshi murabbiyi" deb tan olindi.

Uning qo'l ostida "Siti" 89 ochko jamg'ardi va chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganida g'oliblikni rasmiylashtirdi. Uzoq vaqt yetakchilik qilgan "Arsenal" 84 ochko bilan ikkinchi bo'ldi.

Xosep Gvardiola faoliyatida to'rtinchi bor APLda mavsumning "eng yaxshi murabbiyi" nomiga loyiq ko'rildi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal