Gvardiola: “Durang yaxshi natija bo'ldi”
08 okt 2018 08:20
Yangiliklar
Gvardiola: “Durang yaxshi natija bo'ldi”
Pep “Liverpul” bilan qayd etilgan durangdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz kurashdik va raqibning uch nafar hujumchisini nazorat qildik. SHuningdek, bizning hujumkor to'rtligimiz ko'p vaziyat yarata olmaganimizga qaramay yaxshi harakat qildi. SHuning uchun ham durang yaxshi natija. Biz hech bir jabhada raqibdan qolishmadik va g'alaba qozonishga harakat qildik. Mahrezning penaltisi? Unga gol urishi uchun etarlicha jasorat etishmadi.Riyod mashg'ulotlarda penaltilarni ideal tarzda amalga oshiradi. Ammo o'yinlarda bazan shunday bo'lib turadi. Odatda bizdan zarbalarni Aguero tepadi, ammo o'sha vaziyat u maydonda yo'q edi. O'tgan mavsum bu stadionda biz mag'lub bo'lgandik. Bugun esa durang! Balki keyingi mavsumda g'alaba qozonarmiz?”,—dedi Pep.
Fikrlar