Gvardiola: "Asosiysi - APLdagi g'alaba"
15 may 2021 07:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637147_original.jpg)
![](/upload/storage/637147_220.jpg)
Gvardiola: "Asosiysi - APLdagi g'alaba"
"Ferran Torresda APLdagi birinchi mavsum uchun ajoyib statistika va gollar bor. U yosh va shu bilan birga samarali futbolchi. Uni vinger sifatida olgandik, ammo hujumchi sifatida ham foydalana olamiz. U sifatli futbolchi.
Bizga qarshi 10 nafar raqib futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida o'ynadi va chuqur himoyalandi. Ular tezda qarshi hujumga o'tishadi. Juda qiyin raqib. SHunday bo'lsada, biz yaxshi hujumlar qildik, biroq standart vaziyatlardan uchta gol o'tkazib yubordik.
Rekord va g'alabali seriyaga kelsam, bu bizning to'rt yillik hamjihatlikdagi mehnatimiz samarasidir. Nima uchun ECHLda yutmaganim haqida savolga javob bersam, demak men, futbolchi, murabbiylar mag'lub bo'ldik. Futbol barqarorlikda. Asosiysi - APLdagi g'alaba.
Xursandchilik qilish, keyingi kun yana shug'ullanish va maydonga tushishni bilish lozim. Xarakterimiz joyida. Biz yutqaza turib, gol urdik. Keyin yana 2:3ga mag'lub bo'layotgandik. Ammo biz hisobda oldinga chiqib olishni o'rganmoqdamiz va CHempionlar finaliga yaxshi kayfiyatda boramiz", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar