Gvardiola Artetaning “Arsenal”ga o'tishiga izoh berdi
21 dek 2019 01:54
Yangiliklar
Gvardiola Artetaning “Arsenal”ga o'tishiga izoh berdi
“Manchester Siti” bosh murabbiy Xosep Gvardiola yordamchisi Mikel Artetaning Londonning “Arsenal” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishiga o'z munosabatini bildirdi.
“Mikel “Manchester Siti” uchun ajoyib murabbiy edi. U butun borlig'ini o'z ishiga baxsh etgan va mehnatsevarligi, futbolga bo'lgan qarashlari bilan yaxshi taassurot qoldirgandi. Arteta klubning so'nggi yillardagi muvaffaqiyatlariga salmoqli hissa qo'shdi. Biz barchamiz unga yangi lavozimda omad tilaymiz. U bu ishda ishlashga tayyor, deb o'ylayman”, deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Manchester Siti” klubi matbuot xizmati.
Arteta 2016 yilning yozida Gvardiolaning murabbiylar shtabidan joy olgandi. Bu vaqt oralig'ida “shaharliklar” ikki martadan Angliya chempionligi, Liga kubogi va mamlakat Superkubogida g'olib chiqishdi. SHuningdek, Angliya kubogi ham bir marta “Manchester Siti” muzeyiga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar